Joriy yilning 14-may kuni Xitoy Davlat Kengashi Bosh vaziri o'rinbosari Lyu Guojong Samarqandga tashrifi davomida viloyat rahbariyati bilan uchrashib, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi hamkorlikni yanada rivojalantirish masalalarini muhokama qildi.
Yuqori martabali mehmon “Silk Road Mingyu” mehmonxonasida “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti prorektori Prof. Toni Zou bilan ham uchrashuv o‘tkazdi. O‘zaro muloqot chog‘ida universitetimizda "Kamar va yo'l" arxeologik laboratoriyasining faoliyati, "Shandong oynasi" qurilishidagi amaliy ishlar va uning kelgusidagi faoliyati haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek Prof. Toni Zou O'zbekistonning Xitoydagi elchisi Farhod Arziyev bilan uchrashuv o‘tkazdi va elchini universitetimizga taklif qildi. O'zbekistonning Xitoydagi elchisi Farhod Arziyev ham o‘z so‘zida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining kun sayin rivojlanib borayotganligidan juda ham mamnun ekanligini va imkon bo‘lishi bilan oliygohga tashrif buyurishni aytdi.