“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti o‘quv jarayononi rejalashtirish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i va universitetning mustaqil izlanuvchisi M.A.Yorqulov QS World University Rankings – 2024 xalqaro agentligi reytingida 478-o‘rinda turuvchi HTWG Konstanz amaliy fanlar universitetida “Hududiy turizmni strategik rivojlantirish” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruza davomida O‘zbekistonning, xususan Samarqandning turistik salohiyati haqida universitet talabalariga ma’lumotlar berildi.