Ma’lumki 25-may kuni yurtimizdagi barcha umumta’lim maktabalarida so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari o‘tkazildi. Universitetimiz Ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori D.Nasimov ham Kattaqo'rg'on tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 56-sonli maktabda o‘tkazilgan so'nggi qo'ng'iroq tadbirida ishtirok etib barcha bitiruvchilarni qutlagan holda bilimli, zukko bo‘lgan hamda turizm sohasiga qiziqqan yoshlarni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga o‘qishga taklif qildi.
Tadbirda a'lo baholarga o'qigan, namunali o'quvchilarga Faxriy yorliqlar topshirildi.
Ushbu yilning 26-may kuni Xitoyning “Ipak yo'li” jamg'armasi bosh menejeri Kay Xuejun “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolarini universitetimiz rektori A.Abduxakimov kutib oldi va oliygoh bilan yaqindan tanishtirdi. Hali yosh bo‘lishiga qaramay juda katta muvaqqiyatlarga erishib kelayotgan universitetimiz mehmonlarda katta qiziqish o‘yg‘otdi.
Ayniqsa bosh menejer Kay Xuejun universitetda talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlardan hayratga tushgan holda universitet bilan hamkorlikni kengaytirish va O'zbekistonda turizmni rivojlantirish, madaniy merosni asrab-avaylash istagi borligini bildirdi.
Joriy yilning 26-may kuni universitetimizga Shanxay Siti shahri vitse-meri Lu Dou boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitetimiz Ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori D.Nasimov, prorektor Tongqian Toni Zou kutib oldi va oliygoh faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi. Shuningdek delegatsiya a’zolari, Turizm Akademiyasiga, BMTning Ipak yo‘li turizm tematik idorasi bilan ham yaqindan tanishdi.
Shanxay Siti shahri vitse meri Lu Duo “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bilan o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qo‘shma tadqiqotlar va Xitoy tilini o‘qitish sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish xususida ham fikr almashdi. Ahamiyatlisi delegatsiya a’zolarida universitetimizda yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar juda katta taassurot qoldirdi.
Ushbu yilning 17-19 may kunlari Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida madaniy merosni o‘rganish va barqaror turizmni rivojlantirish bo'yicha xalqaro konferensiya tashkil etildi.
Konferensiyada “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti prorektori, prof. Tongqian Toni Zou “Iqlim o'zgarishi va turizmni o'zgartirish: nazariy chegaralar va eng yaxshi amaliyotlar" mavzuida ma’ruza qildi. Anjumanda oliy ta'lim, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar vaziri, professor Qo‘ng‘irotboy Sharipov so'zga chiqib ushbu konferensiyaning ahamiyati xususida gapirdi. Shuningdek anjumanda tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindori, YUNESKOning O'zbekistondagi komissiyasi mutasaddilari, YUNEP va Garvard universiteti ekspertlari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Ushbu konferensiyada 200 dan ortiq olimlar, rasmiylar va universitet talabalari ishtirok etishdi.
Joriy yilning 20-22 may kunlari "Ipak yoʻli" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori D.Nasimov hamda bo‘lim boshlig‘i J.Xolboyev universitet huzuridagi Andijon turizm va servis kollejida va Marg'ilon turizm va madaniy meros texnikumida bo'lib, ularning ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida ta’lim muasassalarining oʻquv xonalari, mehmonxona va turizm oʻquv amaliyoti xonalari, sport zal va faollar zali koʻzdan kechirildi. O‘qituvchi va oʻquvchilar bilan yaqindan muloqot oʻtkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi. Tashrif soʻnggida kollej rahbariyati bilan ta’lim maskanining kelajakdagi faoliyati haqida fikr almashildi va tegishli koʻrsatmalar berildi.
Joriy yilning 22-may kuni “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro unversiteti xotin-qizlar kengashi tomonidan talaba-qizlar o‘rtasida “Buvijonim kiygan liboslar” mavzusidagi tadbir o‘tkazildi. Bunday tadbirni o‘tkazishdan maqsad buvijonlarimiz kiygan milliy liboslarimizga bo‘lgan hurmat, betakror urf-odatlarimizni yoshlar ongiga singdirish, shu bilan birga ularga sharqona odob-axloq fazilatlari, ularni kelajakda haqiqiy uy bekasi, sevimli ona va e’zozdagi buvijon bo‘lishlariga zamin yaratishi bilan ahamiyatli hisoblanadi.
Tadbirda talaba-qizlar Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy viloyatlari aholisi urf-odatlaridan kelib chiqib tikilgan milliy liboslarini hamda bezaklarini namoyish qilishdi. Xalqimizning ming yillarga borib taqaluvchi milliy liboslari targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilgan tadbir ko‘tarinkilikda tashkil qilinganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Joriy yilning 20-may kuni Ozarbayjon Davlat Iqtisodiyot Universiteti (UNEC) raisligida Turkiy davlatlar universitetlar ittifoqi (TURKUNIB)ning VII Bosh Assambleyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Xalqaro tadbirda 50 ga yaqin universitet rektorlari, turkiy davlatlarning fan va ta’lim sohasi vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqan UNEC rektori, professor Adalat Murodov ishtirokchilarni qutlab, TURKUNIB raisligi davrida UNEC tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida taqdimot qildi. 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan fan, ta’lim va ijtimoiy sohada ko‘plab faoliyat va loyihalarni o‘z ichiga olgan “Yo‘l xaritasi” loyihasi tayyorlanib TÜRKÜNİB Bosh Assambleyasiga taqdim etilganligi aytildi.
Bosh Assambleyada ishtirok etgan Turkiy Davlatlar Tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliev ishtirokchilarni qutlab, tashkilot tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar haqida gapirdi: “60 ta yangi universitetdan TÜRKÜNİBga aʼzo boʻlish uchun berilgan arizalar tashkilotga qiziqish ortib borayotganidan dalolat beradi. Bugun biz TÜRKÜNIBni yanada mustahkamlash yo'llarini muhokama qilamiz. Iyun oyida Shusha shahrida boʻlib oʻtadigan turkiy davlatlar taʼlim vazirlarining sakkizinchi yigʻilishi ushbu takliflarni qabul qilish va TÜRKÜNIBni yanada institutsionallashtirish nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega”,-dedi Bosh kotib. Shuningdek yigʻilishda 60 ta universitetning aʼzolik uchun arizalari koʻrib chiqilishi va ittifoqning kelgusi faoliyati uchun muhim masalalar muhokama qilinishini maʼlum qildi.
Bosh Assambleya ochilish nutqlaridan so‘ng o‘z ishini muhokamalar bilan davom ettirdi. Yig‘ilishda TÜRKÜNİBga a’zo universitetlarning ilmiy va ta’lim dasturlarini uyg‘unlashtirish, almashinuv dasturlari sonini ko‘paytirish, diplomlarning ekvivalentligini e’tirof etish va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Amerika Qo‘shma Shtatlari va O‘zbekiston yoshlari o‘rtasida millatlararo tushunishni rivojlantirishni ta’minlash maqsadida AQSH elchixonasi hamkorligida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti birinchi bosqich talabalari uchun 2024-yil 29-may kuni universitet faollar zalida “American Speech Competition” notiqlik musobaqasi tashkil etilmoqda. Qatnashish istagini bildirgan talabalar havola orqali guruhga qushiling va g’olib bo’ling!
Yoshlarni kitob mutolaasiga keng jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga oid tashkil etilayotgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro univeriteti jamoasi va adiblar Samarqand viloyati Tayloq tumanining “Istiqlol” mahallasidagi 8-umumta’lim maktabida o’quvchilar bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazishdi.
Shoirlar mamlakatimizda ta’limga, xususan, oliy ta’limga qaratilayotgan yuksak e’tibor va ushbu sohadagi yangiliklar, O‘zbekiston Yozuvchilar uyshmasi a’zolari bo‘lgan taniqli ijodkorlarning hayoti va ijodi, shuningdek, universitet ta'lim yo'nalishlari va ushbu o'quv yurtida o'qishning afzalliklari to'g'risida o'quvchilarga batafsil ma'lumotlar berishdi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti kutubxonasida xalqimiz suygan adiblar Nurulla Choriyev va Sardor Xamrayevlar tashrifiga bag’ishab “Zakovat” intelliktual o‘yinlari tashkil қilindi.
Universitet talabalari o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylangan “Zakovat” intellektual o‘yinida 4 ta jamoa ishtirok etdi. “Zakovat” intellektual o‘yini davomida savollar adiblarimiz ijodiga bag’ishlandi. Qiziqarli tarzda o'tgan ushbu bellashuv yoshlarimizda katta taassurot qoldirdi.
“Zakovat” intellektual o‘yinidan so’ng, adiblarimiz o’z dastxatlarini universitet esdaliklar kitobida qoldirishdi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz