×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Payshanba, 23 May 2024 10:23

MILLIY QADRIYATLAR BESHIGI

Joriy yilning 22-may kuni “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro unversiteti xotin-qizlar kengashi tomonidan talaba-qizlar o‘rtasida “Buvijonim kiygan liboslar”  mavzusidagi tadbir o‘tkazildi. Bunday tadbirni o‘tkazishdan maqsad buvijonlarimiz kiygan milliy liboslarimizga bo‘lgan hurmat, betakror urf-odatlarimizni yoshlar ongiga singdirish, shu bilan birga ularga sharqona odob-axloq fazilatlari, ularni kelajakda haqiqiy uy bekasi,  sevimli ona va e’zozdagi buvijon bo‘lishlariga zamin yaratishi bilan ahamiyatli hisoblanadi.

Tadbirda talaba-qizlar Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy viloyatlari aholisi urf-odatlaridan kelib chiqib tikilgan milliy liboslarini hamda bezaklarini namoyish qilishdi. Xalqimizning ming yillarga borib taqaluvchi milliy liboslari targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilgan tadbir ko‘tarinkilikda tashkil qilinganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi. 

O'qilgan 394 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}2508{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar