Ushbu yilning 17-19 may kunlari Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida madaniy merosni o‘rganish va barqaror turizmni rivojlantirish bo'yicha xalqaro konferensiya tashkil etildi.
Konferensiyada “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti prorektori, prof. Tongqian Toni Zou “Iqlim o'zgarishi va turizmni o'zgartirish: nazariy chegaralar va eng yaxshi amaliyotlar" mavzuida ma’ruza qildi. Anjumanda oliy ta'lim, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar vaziri, professor Qo‘ng‘irotboy Sharipov so'zga chiqib ushbu konferensiyaning ahamiyati xususida gapirdi. Shuningdek anjumanda tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindori, YUNESKOning O'zbekistondagi komissiyasi mutasaddilari, YUNEP va Garvard universiteti ekspertlari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Ushbu konferensiyada 200 dan ortiq olimlar, rasmiylar va universitet talabalari ishtirok etishdi.