Yangiliklar: May 2024

         Joriy yilning 13-14 may kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Erasmus+ Yevropa Ittifoqining ta’lim, o‘qitish, yoshlar va sport sohalarida loyihalar, hamkorlik, tadbirlar va mobillikni qo‘llab-quvvatlash dasturini yo‘lga qo‘yish maqsadida xalqaro seminar o‘z ishini boshladi.

         Ushbu Erasmus+ Yevropa Ittifoqining ta’lim dasturi Yevropaning 33 ta davlati (a’zo davlatlar va bog‘langan davlatlar) o‘rtasida ushbu sohalarning barchasida hamkorlikni moliyalashtirish imkoniyatlarini taqdim etadi. Bu 33 mamlakat va butun dunyo uchinchi davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik uchun kuchli xalqaro e’tiborga egaligi alohida ahamiyatga ega. Bugun 13-may kuni dasturning 22 ta davlatidan 70 ga yaqin ekspertlar universitetimizga tashrif buyurdi.

         Dastlab seminarda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri maslaxatchisi Suna Park “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori A.Abduxakimovning seminar ishtirokchilariga yo‘llagan ma’ruzasini o‘qib eshittirdi.

         Shundan so‘ng so‘z olgan ekspertlar ushbu xalqaro dasturning ahamiyatli tomonlariga to‘xatilib o‘tishdi. Seminar davom etmoqda.

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 08.00.17- “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihon uchun hujjat topshirgan talabgorlar uchun imtihon jarayonlari joriy yilning 25-may kuni soat 14:30da universitet binosi 108-xonada tashkil etiladi.

Talabgorlardan imtihon boshlanadigan vaqtdan yarim soat oldin malakaviy imtihon o‘tkaziladigan joyga o‘zlarining shaxslarini tasdiqlovchi hujjat (passport) hamda tadqiqotchilarning dissertatsiya avtoreferatlari bilan birgalikda kelishlari so‘raladi.
Dastur

Kategoriya E'lonlar

Avval xabar berganimizdek, 9-May - "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida qator tadbirlar, tanlovlar o‘tkazildi. Tadbirlar doirasida universitet tyutori G.Husainova hamda talaba-yoshlar birgalikda yakka-yolg‘iz keksa, nuroniylar holidan xabar olishdi. Xayr, saxovat ko‘rsatib, ular bilan dildan suhbat qurishdi.  

Kategoriya Yangiliklar

Bugun 8-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish maqsadida oliygoh “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan “Halollik yoshlarning hamrohi –rivojlanish mezoni” mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Targ‘ibot tadbirida universitetimiz professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirni universitetning Ma’muriy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori D.Nasimov kirish so‘zi bilan ochib,  korrupsiya jamiyat illati ekanligi unga qarshi kurashishda barcha mas’ul bo‘lishi lozimligi xususida gapirdi. Tadbirda so‘z olgan viloyat Advokatlar palatasi raisi T.Qodirov hamda viloyat hokimligi mas’ul xodimi jamiyat va davlat rivoji uchun eng katta to‘siqlardan biri bu korrupsiya ekanligini ta’kidladi va ushbu illatning ko‘rinishlari, qonun nuqtai nazaridan javobgarligi to‘g‘risida  to‘liq ma’lumot  berdi.

Shuningdek tadbirda oliygoh “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi I.Negmatov ham universitet faoliyatida bu kabi salbiy holatlarning yuz bermasligi borasidagi amaliy chora-tadbirlar xususida gapirdi.

Kategoriya Yangiliklar

Shu kunlarda yurtimizning barcha tashkilot va korxonalarida 9-may Xotira va qadrlash kuni tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. 8-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti jamoasi ham ushbu kunni munosib nishonladi. Tadbir munosabati bilan maxsus orkestr jamoasi taklif qilindi va kishiga xush yoquvchi turli musiqalar yangradi. Dastlab tadbir O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi bilan boshlandi. Shundan so‘ng Xotira va qadrlash kuni tadbirida so‘z olgan universitet Ma’muriy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori D.Nasimov har birimiz uchun xotiraning muqaddas ekanligi va o‘tganlarni yod olish, qadrlash insoniy burchimiz ekanligi xususida gapirdi.  Kun davomida universitetimizda Xotira  va qadrlash kuni tadbirlari davom etdi.

Kategoriya Yangiliklar

2024-yil 9-may kuni Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga 79 yil to‘ladi. Shu munosabat bilan 8-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 9-may “Xotira va qadirlash kuni” munosabati bilan oliygoh talabalari tomonidan rasm chizish loyihasi tashkil etilidi.

Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan biridir. Fashizmga qarshi urushda mardonavor jang qilgan, og‘ir mashaqqat va musibatlarni boshdan kechirgan qahramonlar va xalqimiz asrlar davomida orzu qilgan erkinlik uchun o‘z jonini qurbon qilganlar xotirasi hamisha yodimizdadir.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 6-may kuni universitet xotin-qizlar kengashi va uning qoshidagi “Lider qizlar” klubi faol a’zolari hamda Samarqand shahridagi 46-umumta’lim maktabi bitiruvchi o'quvchilari hamkorligida oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Kitobxonlik oiladan boshlanadi, kitobxon ona-kitobxon bola” gʻoyasini hududlarda keng targʻib qilish yuzasidan uchrashuv tashkil qilindi. Dastlab uchrashuvda ushbu g‘oya asosida qilinadigan ishlar belgilab olindi. Shundan so‘ng o’quvchi yoshlar tomonidan o’zlari sevib mutolaa qilgan kitob va asar qahramonlari haqida savol-javoblar o‘tkazildi.

Kategoriya Yangiliklar

Umumta’lim maktablarida o‘quv yili yakuni bilan bitiruvchilarning aksariyatida nufuzli va kelajagi yorqin bo‘lgan kasb egasi bo‘lish istagi tug‘iladi. Ana shunday pallada bitiruvchilarning universitetimizga bo‘lgan tashriflari ularning bunday zamonaviy kampusda o‘qish istagini paydo bo‘lishiga turtki bo‘ladi.

 Yaqinda universitetimizga Samarqand shahridagi 22 - 46 - 45 maktablari bitiruvchilarining tashrifi amalga oshirildi. Bitiruvchilar universitetimizda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish bilan birga, talaba-yoshlar bilan yaqindan muloqot qildi. Marketing va rekruting bo‘limi boshlig‘i O.Rustamov o‘quvchilarni oliygoh hayoti bilan yaqindan tanishtirib ularga barcha zarur ma’lumotlarni berdi.      

Kategoriya Yangiliklar
Seshanba, 07 May 2024 10:39

E’LON

Spiker: Raji Ahlimanzada, Mercure Bukhara Old Town Hotel bosh menejeri, Eng yaxshi bosh menejer tanlovi g‘olibi, 2024.

Mavzu: “Mehmondo‘stlik mutaxassisi – bo‘lajak mehmonxonachilar uchun shaxsiy tajriba hikoyasi”

Moderator: Turizm kafedrasi o‘qituvchisi Artem Klykov.

Vaqt: 14 may (seshanba) soat 11.00-12:00

Venue: Lecture Hall 229

Kategoriya E'lonlar

Agarda sizga xuquqiy maslahat zarur bo‘lsa har haftaning juma kuni universitetimizda o‘tkaziladigan “Xotin-qizlar orasida psixologik va xuquqiy maslahat kuni” da o‘zingizga zarur bo‘lgan maslahat va tavsiyalarga ega bo‘lishingiz mumkin. 

Kategoriya E'lonlar
6 dan 8 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar