“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqro universitetida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida 2024-yil 22-may kuni adabiy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, xalqimiz suygan adiblar Nurulla Choriyev va Sardor Xamrayevlar tashrif buyurishdi. Adiblar va talabalar ishtirokida adabiy-badiiy anjuman o'tkazildi. Tadbir davomida talabalar she'riyat shavqi, badiiy adabiyot zavqidan bahramand bo'ldilar.
Joriy yilning 21-may sanasida universitet Talabalar turar joyida universitet tyutori Sabina Abbasova tomonidan talaba-qizlarlarni bòsh vaqtini mazmunli òtkazish va o‘zbek milliy taomlarini tayyorlash bo’yicha tadbir o’tkazildi.
Mazkur tadbirning maqsadi, talaba-qizlarni xalqimizning qadimdan tayyorlanib kelinayotgan milliy taomlarini tayyorlashni o’rgatish va talaba-qizlarni mustaqil hayotga tayyorlashdan iborat. Tadbir jarayonida tyutor tomonidan ko‘k somsani tayyorlash texnologyasi, oshxona qoidalari, mahsulotlardan unumli foydalanish, tozalikka rioya qilish kabi qimmatli tavsiya va ma’lumotlar berildi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Turizm” kafedrasi o‘qituvchisi Yelena Salnikova tomonidan “Madaniyatlar almashinuvi kuni” tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbirga mahalliy va xorijiy talabalar va o‘qituvchilar, mutaxassislar taklif etildi. Tadbir doirasida talabalar tomonidan turli millatlar kuy-qo'shiqlari va raqslari namoyish qilindi.
Talabalarimiz va universitet professor-o‘qituvchilarining fidoyiligi, shijoati bilan bugungi kundagi eng sharafli vazifa – uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek ezgu maqsadimiz sari dadil qadam bosyapmiz.
Hurmatli bakalavriat va magistratura bitiruvchi talabalari,
2023/2024-o’quv yilining Yakuniy Davlat Attestatsiyasi quyida berilgan jadval asosida bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.
Jadval
21-27 may turk oshxonasi haftaligi doirasida Turkiya Respublikasining Samarqanddagi Bosh konsulxonasi Bosh konsuli janob Salih JANER universitetimiz talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbirni universitet Yoshlar bilan ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvohidova olib bordi. Ma’lumki, turizm sohasida gastronomik turizm muhim o‘rin egallaydi. Mehmon qaysi davlatda bo‘lishidan qat’iy nazar milliy taomlaridan bahramand bo‘lish istagida bo‘ladi. Tadbirda janob Salih JANER tomonidan Turkiya Turizm vazirligi tomonidan nashr qilingan Turk oshxonasi kitobidan milliy taomlar, sharbatlar hamda salatlar va shirinliklar taqdimoti o‘tkazilib, uning tarixi, kelib chiqishi, tayyorlanishi xususida batafsil ma’lumotlar berildi. Universitetimiz ma’muriyati o‘zaro hamkorlik aloqalarini yaxshilashga qo‘shgan hissasi uchun Turkiya Respublikasining Samarqanddagi Bosh konsulxonasi Bosh konsuli janob Salih JANER va uning jamoasiga sertifikat topshirdi. Tadbir so‘nggida ishtirokchilar turk milliy taomlaridan bahramand bo‘lishdi.
“Ipak yo'li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetiga Xitoydagi nufuzli Singdao universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Tashrif davomida o‘zaro muloqot o‘tazkilib unda o‘zaro hamkorlik va tajriba almashish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek muloqotda universitetimiz talabalarini Singdao universitetida o'qitishni tashkil etish tashabbusiga alohida e'tibor qaratildi. Uchrashuvda “Shandong Provincial Government Scholarship for Foreign Students sister cities” dasturi doirasida oliygohizdan 10 nafar talaba bir yil davomida Xitoyning Singdao universitetida ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Ushbu muhim voqea talabalarimiz uchun o‘z bilim va malakasini oshirish uchun yangi imkoniyatlarni yaratadi va universitetlarimiz o'rtasidagi do'stlik rishtalarini mustahkamlaydi.
“Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova, universitet psixologi D.Turdiyeva, “Tillar va globallashuv tadqiqotlar" kafedrasining katta o’qituvchisi T.Abdullaev, "Lider qizlar va Qizlarjon klublarining" sardorlari Baxramkulova Fotima va Baxramkulova Zuxro, Prezident stipendianti Mustafakulova Sabina birgalikda 20-may kuni Samarqand shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bolimi tasarrufidagi 20-umumtalim maktabining bitiruvchilari bilan hamkorlikda mamlakatimizda xotin-qizlar taʼlimini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha berilgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida targʻibot tadbirlarini tashkil qilishdi.
O’tkazilgan tadbirda unversitet vakillari tomonidan yoshlar uchun, ayniqsa xotin-qizlarni oliy ta’lim muassasalariga qamrab olish yuzasidan qabul qilingan islohatlar to’g’risida to’liq statistik ma’lumotlar berildi.
Tadbir qizg‘in munozaralarga boy bo‘ldi.
Bugungi kunda yurtimizda turizm yo‘nalishida ta’lim olishga bo‘lgan qiziqish kun sayin oshib bormoqda. Kuniga, kun ora oliygohimizga umumta’lim maktabi bitiruvchilarining tashrifi ham ushbu fikrimizga yaqqol misol bo‘la oladi.
O‘tgan haftalar davomida universitetimizga Samarqand shahridagi 1 IDUM, 29, 47, 33, 14, 63, 64, 71 umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari tashrif buyurdi va talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. O‘quvchilarga universitetimizdagi imkoniyatlar, kelajakda turizm va madaniy meros sohalarida yetuk mutaxassis bo‘lishi haqidagi ma’lumotlar bilan Qabul va marketing bo‘limi boshlig‘i O. Rustamov batafsil ma’lumotlar berdi. Shundan so‘ng maktab bitiruvchilari va universitetimizda ta’lim berayotgan xorijlik o‘qituvchilar o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Sport klubi qoshida maktab o‘quvchilarini shaxmat, stol tennisi va suzish sport turlari bo‘yicha o‘z iste’dodlarini yuzaga chiqarish, ular orasidan sport sohasida alohida iqtidor egalarini saralab olish maqsadida shaxmat sport turi bo‘yicha haftada 2 marta mashg‘ulotlar tashkil etilgan.
Ushbu mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun shahrimizdagi barcha maktab o‘quvchilarini taklif etamiz. Mashg‘ulotlarni yuqori malakali sport murabbiylari olib borishadi. Imkoniyatni boy bermang! Mashg‘ulotlar bepul amalga oshiriladi!
Mashg‘ulotlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan maktab o‘quvchilari ushbu raqamga +99890224-02-22 qo‘ng‘iroq qilishi va mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin!
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Turizm kafedrasi assistent-o'qituvchisi va universitetning doktoranti R.Ruhshona QS World University Rankings – 2024 xalqaro agentligi reytingida 478-o‘rinda turuvchi HTWG Konstanz amaliy fanlar universitetida “Barqaror turizm amaliyotlari” mavzusida ma’ruza o‘qidi. Ma'ruza davomida O'zbekistonda barqaror turizmni rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan ishlar, yashil iqtisodiyot va uning barqaror turizm bilan uzviy bog'liqligi haqida ma'lumotlar berildi. Ahamiyatli tomoni ushbu ma'ruza tinglovchilarda juda katta qiziqishlarga, qizg'in bahs va munozaralarga sabab bo'ldi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz