“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Turizm kafedrasi assistent-o'qituvchisi va universitetning doktoranti R.Ruhshona QS World University Rankings – 2024 xalqaro agentligi reytingida 478-o‘rinda turuvchi HTWG Konstanz amaliy fanlar universitetida “Barqaror turizm amaliyotlari” mavzusida ma’ruza o‘qidi. Ma'ruza davomida O'zbekistonda barqaror turizmni rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan ishlar, yashil iqtisodiyot va uning barqaror turizm bilan uzviy bog'liqligi haqida ma'lumotlar berildi. Ahamiyatli tomoni ushbu ma'ruza tinglovchilarda juda katta qiziqishlarga, qizg'in bahs va munozaralarga sabab bo'ldi.