Bugungi kunda yurtimizda turizm yo‘nalishida ta’lim olishga bo‘lgan qiziqish kun sayin oshib bormoqda. Kuniga, kun ora oliygohimizga umumta’lim maktabi bitiruvchilarining tashrifi ham ushbu fikrimizga yaqqol misol bo‘la oladi.
O‘tgan haftalar davomida universitetimizga Samarqand shahridagi 1 IDUM, 29, 47, 33, 14, 63, 64, 71 umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari tashrif buyurdi va talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. O‘quvchilarga universitetimizdagi imkoniyatlar, kelajakda turizm va madaniy meros sohalarida yetuk mutaxassis bo‘lishi haqidagi ma’lumotlar bilan Qabul va marketing bo‘limi boshlig‘i O. Rustamov batafsil ma’lumotlar berdi. Shundan so‘ng maktab bitiruvchilari va universitetimizda ta’lim berayotgan xorijlik o‘qituvchilar o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi.