×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Dushanba, 20 May 2024 11:57

Universitetimizda O‘zbekiston xalq shoirasi Halima Xudayberdieva hayoti va ijodi haqida adabiy kecha o‘tkazildi

17-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-kizlar kengashi tomonidan sevgi-muxabbat va mexr-muruvvat kuychisi Xalima Xudayberdieva tavalludining 77-yilligiga bag‘ishlangan “Sen baribir muqaddassan - muqaddas Ayol” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir mehmoni shoir, yozuvchi, jurnalist, dramaturg Karimberdi To‘ramurodov shoiraning “She’riyatdan baxt topgan ayol” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etib, talaba yoshlarga Halimaxonim Xudayberdievaning hayot va ijod yo‘li haqida gapirib berdi.

Shuningdek tadbir so‘nggida talaba-yoshlar tomonidan shoira she’rlari va asarlaridan namunalar o‘qilib, savollarga javob berildi. Ahamiyatlisi she’riyat tadbiri ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

O'qilgan 112 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}2488{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar