Talaba-yoshlarni teatr san’atiga muhabbat ruhida tarbiyalash va ularni ma’naviy kamolotga yo‘naltirish orqali universitetda madaniy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish hamda iqtidorli yoshlarga o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining “Talabalar teatr studiyasi” jamoasi rahbari Odil Boynazarov rahbarligida Abu Tohirxo‘janing “Samariya” asari tarixiy faktlariga asoslangan “Samariya” spektakli sahnalashtirilib, Samarqand shahridagi “Registon” maydonida yig‘ilgan mahalliy va xorijiy mehmonlarga namoyish qilindi. Talabalar ushbu asardagi personajlarni zo‘r mahorat bilan ijro etib, tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.