×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Payshanba, 30 May 2024 11:47

“Buvijonim maʼrifati va oʻgitlari” mavzusidagi tadbirda berilgan maslahatlar talaba-qizlarning kelgusidagi hayotida muhim ahamiyat kasb etadi

2024-yilning 29-may sanasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi tomonidan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida “Buvijonim maʼrifati va oʻgitlari” mavzusida talaba-qizlar bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi. Universitet xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan reja asosida tashkil etilgan navbatdagi tadbirga Samarqand tumani “Nurafshon” mahallasi, Ziyolilar ko’chasida istiqomat qiluvchi ibratli oilaning nuroniy onaxoni Zamiraxon aya Saidova, unversitetning ta’lim sifatini ta’minlash va Akkreditatsiya bo’limining tajribali mutaxassisi Elinuraxonim Xalilova, Yoshlar bilan ishlash va tadbirlar bo’limi boshlig’i, tyutorlar va talaba-qizlar ishtirok etishdi.

Ma'naviy-ma'rifiy tadbirda mehmonlar tomonidan talaba-qizlarga buvijonim hayoti biz uchun ibrat, milliy qadriyatlar va oiladagi sharqona odob, qizlarga xos muomala, o‘zaro hurmat va sabrli bo‘lish, mustahkam oila sirlari toʻgʻrisida fikrlar bildirilib, oʻgitlar berildi. Uchrashuv davomida faxriylar o’z hayot yo’llari, soha rivoji uchun amalga oshirgan ishlari, bu yo‘lda uchragan mashaqqat va qiyinchiliklarni yengib o‘tish xususida yosh avlod vakillariga gapirib berdi.

Shuningdek tadbirda mavzuga doir videorolik namoyish qilinib  talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

O'qilgan 399 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}2520{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar