×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Seshanba, 28 May 2024 10:16

Universitetimiz sport murabbiylari cho‘milish qoidalariga rioya qilish xususida zarur tavsiyalarini berdi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti yopiq suzish havzasida   universitetning professor-o’qituvchilari, xodimlari va talabalari uchun O‘zbekiston  Respublikasi  Favqulodda  vaziyatlar  vazirligi,  O‘zbekiston Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  “Ommaviy  tadbirlarni  tashkil  etish  va o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish  chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda “O‘zbekiston Respublikasi akvatoriyalarning plyaj zonalarida dam oluvchilarning xavfsizligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlar ijrosini  ta’minlash  maqsadida  suvda  cho‘kish  bilan  bog‘liq  noxush  holatlarning oldini  olish yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Universitetning Sport mashg’ulotlari bo’limi bosh mutaxassisi va murabbiyi tomonidan cho‘milish uchun ochiq suv havzalarida suvning harorati 17 darajadan yuqori va 30 darajadan past bo‘lishi kerakligi, cho‘miluvchilar esa qizib turgan paytda sovuq suvga birdan tushmasliklari aks holda tomirlar tortishi va bu orqali cho‘kish holati yuzaga kelishi mumkinligi borasida qatʼiy ogohlantirishlar berildi.

O'qilgan 423 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}2519{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar