×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Juma, 31 May 2024 11:25

Universitetimizda Shvesariya hukumati tomonidan ta’lim tizimida moliyalashtiriladigan loyihalar muhokama qilindi

Joriy yilning 30-May kuni, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Shvetsariya Federal Syurix Texnologiya Instituti Ta’lim tizimlari bo‘limi mudiri Prof. Dr. Ursula Renold boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Uchrashuv doirasida Shvetsariya Kondefederatsiya Hukumati va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati munosabatlarni mustahkamlash, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim hamda boshqa sohalarni rivojlantirish maqsadida imzolangan bitim yuzasidan amalga oshirilgan va amalga oshirilishi kutilayotgan dasturlar bo‘yicha ma‘lumotlar Ursula Renold xonim tomonidan aytib o‘tildi. Shuningdek, uchrashuvda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi kollej va texnikumlarda faoliyat olib borayotgan (1) Shvetsariya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarda ishtirok etish, (2) o‘qituvchi va xodimlar malakasini oshirish, (3) turizm kafedrasi tomonidan O‘zbekistonda turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilishi kutilayotgan grant loyihasida hamkor davlat bo‘lib ishtirok etish va birgalikda Shvetsariya tajribasini qo‘llash,    (4) qisqa va uzoq muddatli professor-o‘qituvchi va talabalar amaliyotini Shvetsariya mehmonxonalari hamda turistik obyektlarda tashkil etish, (5) talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish va boshqa turli masalalar yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.

O'qilgan 400 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}2523{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar