Juma, 28 Fevral 2025 16:03

“Sadoqat saroyining mangu malikasi yoxud Zulfiyaxonim” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi

Bugun, 28-fevral kuni Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan “Sadoqat saroyining mangu malikasi yoxud Zulfiyaxonim” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi. She’riyat kechasiga Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari T.Tugalov va shoirlar taklif qilindi.
Tadbirni universitetimiz Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova kirish so‘zi bilan ochib, barchani kirib kelayotgan bahor ayyomi bilan qutladi va Zulfiyaxonim ijodi va faoliyatiga to‘xtalib o‘tdi.
Bu yil Zulfiyaxonim tavalludining 110-yilligi mamlakatimizda keng nishonlanmoqda. Tadbirda Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari T.Tugalov va shoir Muhammad Rizo so‘z olib, shoira ijodidan namunalar o‘qish bilan birga ijodkorning betakror isteʼdodi, vatanga, yorga bo‘lgan muhabbatini ta’riflab berishdi. She’riyat kechasida universitet talabalari ham turli tillarda Zulfiyaxonim ijodidan she’rlar o‘qib, qo‘shiqlar kuylashdi. Tadbir so‘nggida Zulfiyaxonim va uning turmush o‘rtog‘i H.Olimjon haqilagi sahna ko‘rinishi namoyish qilindi.
Bir so‘z bilan aytganda, o‘zbek xalqining buyuk shoirasi Zulfiyaxonim tavalludiga bag‘ishlangan tadbir talabalarimizda katta taassurot qoldirganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

O'qilgan 84 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar