Joriy yilning 13-fevral kuni Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumiga Yaponiyaning Tsukuba universitetidan O‘zbekiston ta’lim tizimi, modernizatsiya islohotlari, o‘qitish va ta’limning innovatsion uslublari bilan yaqindan tanishish maqsadida Doktor NAOHIRO XIGUCHI, KUANISH TASTANBEKOVA boshchiligadagi 5 nafar magistr va doktorant talabalar tashrif buyurdilar.
Mehmonlar texnikum faoliyati, tayyorlanayotgan kasblar va yo‘nalishlar, dars jarayonlari bilan tanishdilar hamda kelgusida hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha kelishib olindi.
Xitoyning Xarbin shahrida davom etayotgan IX qishki Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi yutuqqa erishdi.
26 yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi qishki Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu g‘alabani O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari – figurali uchish bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari Dmitriy Chigirev va Yekaterina Geynish taqdim etdilar.
Sportchilarimiz 176.43 ball to‘plab, musobaqaning eng yuqori natijasini qayd etdilar va qishki Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandilar.
2025-yil 13-fevralda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Tillar va global tadqiqotlar” kafedrasi hamda tyutorlar bilan hamkorlikda o‘zbek adabiy tilining asoschisi, shoir, olim, ma’rifatparvar, faylasuf, musiqashunos, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda o‘zbek mumtoz adabiyotining yetuk namoyandasi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning tavalludining 542 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
Shubhasiz, bugungi kunda Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur merosi turizm va madaniy merosni rivojlantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning asarlari va qoldirgan merosi dunyoning ko‘plab olimlari tomonidan o‘rganilmoqda, ularning hayoti yashagan diyorimizga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirmoqda. Bu esa xalqimizning madaniy qadriyatlarini butun dunyoga targ‘ib qilish, turizmni rivojlantirish uchun katta imkoniyat yaratadi.
Tadbir davomida talabalar ijrosida bobokalonlarimiz g‘azallaridan namunalar o‘zbek, ingliz, nemis, yapon, rus, fransuz, ispan tillarida o‘qilib, ruhlariga hurmat bajo keltirildi. Sahna ko‘rinishi, sho‘x-shodon raqslar, kuy va qo‘shiqlar hamda Navoiy va Boburning ijodiga doir taqdimotlar tadbirga o‘zgacha zavq baxsh etdi. Tadbir soʻngida talabalar faxriy yorliq va sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Seminar davomida dekan N.Xushvaqtov tomonidan talabalar uchun quyidagi mavzularda ma'lumotlar berib o'tildi.
✅ Xalqaro va respublika grantlarda ishtirok etish
✅ Xalqaro talabalar almashinuvi
✅ Prezident va nomdor davlat stipendiyalari
✅ Yil talabasi tanlovi
✅ Yosh olimlar kengashi faoliyati
✅ Yoshlar akademiyasi faoliyati
✅ Kafedralar tarkibidagi fan to’garaklar faoliyati
✅ Start-up loyihalarini tayyorlash va ularni amaliyotga joriy etish
✅ Universitet tomonidan faol va iqtidorli talabalarni rag'batlantirib borish tartibi
✅ Shaxsiy va jamoaviy loyihalarni qo'llab quvvatlash.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida joriy yilning
17-fevral sanasida universitet professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari hamda talabalari uchun ilmiy seminar tashkil etiladi. Seminarga universitet Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiya ishlari bo‘yicha prorektori Tongqian Zou tomonidan NGO Qoraqolpog‘iston destinatsiyalarni boshqarish (GIZ) tashkiloti direktori Mels Kosnazarov taklif etilgan.
Seminar mavzusi: “DMO Karakalpakstan: Tourism Development through Destination Management”
Seminar o‘tkazilish vaqti: 17-fevral, 2025-yil soat 15:30-16:30
Seminar o‘tkazilish joyi: Universitet binosi, 229-xona.
Barcha professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar talabalar va qiziquvchilarni ushbu ilmiy seminarga taklif etamiz!
Barcha talabalar diqqatiga! Talaba-yoshlarga sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish va ularning sport bilan shug'ullanishiga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida 2025-yil 16-18 fevral kunlari "Talaba - Yugur" "O'qituvchi-Yugur" "Harbiy-Yugur" ommaviy yugurish sport musobaqasining hududiy bosqichi tashkil etilmoqda.
Barcha talabalarimizni ushbu loyihada faol bo‘lishi so‘rab qolamiz! Ishtirok etish istagida bo'lgan talaba-yoshlar ro'yxatdan o'tishlari mumkin.
Murojaat uchun: tel +99890 224-02-22,
+99890 227-28-08
Universitet Sport klubi.
Milliy liboslar kabi ko‘zni quvnatadigan, yorqin ranglari, takrorlanmas naqshlari bilan kishiga xush kayfiyat bag‘ishlaydigan milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, qadimiy urf-odat va an’analari, estetik qarashlari shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassam. Bugun 2- bosqich Log-123 guruh qizlarimiz milliy liboslarini namoyon etishdi
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Silk Road by Minyoun” kompaniyasi bosh menejeri, janob Devid Dingni Samarqand shahridagi “Silk Road” turizm markazini rivojlantirish bo‘yicha talabalarga ma’ruza qildi va sohaga oid juda muhim ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.
Janob Devid Ding xalqaro sayyohlarni jalb etishni maqsad qilgan Samarqand turizm markazida o‘zbek tarixi va zamonaviy qulayliklar uyg‘unligini ta’kidladi. Talabalar bosh direktor bilan investitsiyalarning qaytarilishi, o‘zini oqlash muddati, zararni bartaraf etish nuqtasi va kelajakdagi rivojlanish rejalari kabi masalalarni muhokama qilishdi.
Seminarni universitetimiz fan va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Tongsyan Zou olib bordi. Ma’ruzada universitetimiz magistrantlari va aspirantlari Samarqand shahrida turizmni rivojlantirish masalalari xususidagi muhokamada faol ishtirok etishdi.
Bugun 12-fevral kuni "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalariga tyutor P.Islomov tomonidan “Giyohvandlikka qarshi kurash” oyligi doirasida davra suhbati o‘tkazildi. “Ma’rifat soati”da "Biz giyohvandlikka qarshimiz" va "Ogohlik davr talabi" mavzularida gapirib giyohvandlik illatining oqibatlari, talaba-yoshlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda ogoh bo‘lishi lozimligi xususida gapirdi.
Bugun 11-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Ma’rifat soati darslari doirasida TH-124 va Mar-124 guruhlarida ta’lim olayotgan talabalarga tyutorlar tomonidan bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan bir davrda ijtimoiy hayotda, mobil tarmoqlardan foydalanishda ogoh bo‘lish lozimligi xususida qator suhbatlar olib borildi. Talabalar ham ushbu mavzuda o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz