Xitoyning Xarbin shahrida davom etayotgan IX qishki Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi yutuqqa erishdi.
26 yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi qishki Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu g‘alabani O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari – figurali uchish bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari Dmitriy Chigirev va Yekaterina Geynish taqdim etdilar.
Sportchilarimiz 176.43 ball to‘plab, musobaqaning eng yuqori natijasini qayd etdilar va qishki Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandilar.