Avval xabar berilganidek, (undefined) O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi Vazirligi huzuridagi Turizm qo'mitasi, Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi va Ipak yo'li turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tashabbusi bilan joriy yilning 17-fevral sanasida Art-rezidensiyada BMT Modeli doirasida Jahon Turizm Tashkiloti (UNWTO) qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbir mavzusi - global iqlim o‘zgarishi sharoitida barqaror turizm rivoji bo'lib, unda 20 ta davlat nomidan yosh delegatlar ishtirok etishdi.
Ma'lumot uchun, Model United Nations (Model UN) — bu talabalar va yosh mutaxassislar uchun mo‘ljallangan xalqaro simulyatsion konferensiya bo‘lib, unda ishtirokchilar turli mamlakatlarning vakillari sifatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) faoliyatini aks ettiradilar. Ushbu tadbir yoshlarga xalqaro diplomatiya, muzokaralar va global muammolarni tushunish imkoniyatini beradi.
Tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad – bu turizm sohasini iqlim o‘zgarishiga moslashtirish, tabiiy resurslarni saqlash va barqaror turizmni rivojlantirishga oid samarali yechimlarni ishlab chiqishdan iboratdir. Delegatlar o‘z mamlakatlarining pozitsiyalarini taqdim etib, iqlim o‘zgarishining turizm sohasiga ta’siri, ekologik xavfsizlik masalalari hamda yangi sharoitlarda barqaror turizmni rivojlantirish strategiyalari yuzasidan fikr almashishdi.
Yig‘ilish yakunida ishtirokchilar tomonidan bir qator tavsiyalar ishlab chiqildi. Jumladan, ekologik turizm bo‘yicha xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, sayyohlik maskanlarida energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish va mahalliy aholi uchun barqaror turizmni rivojlantirish dasturlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
Bugun 18-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faollar zalida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” oyligi munosabati bilan Ichki Ishlar vazirligining hamda viloyat Ichki Ishlar boshqarmasining mas’ul mutasaddilari ishtirokida talabalar bilan uchrashuv tashkil qilindi. Dastlab mavzu yuzasidan videorolik namoyish qilindi. Shundan so‘ng Ichki Ishlar vazirligi Tezkor kidiruv deportamenti jinoyat kidiruv boshkarmasi giyohvandlik va psixotrop moddalarini muomilasiga karshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik A.Matlyubov tomonidan yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish yuzasidan ma’ruza qilindi.
Sir emas, bugun jamiyatimizda ayrim nopok kimsalar tomonidan yoshlarni giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar orqali o‘ziga qaram qilgan holda mumay daromad topishni maqsad qilganlar ham bor. Bundan esa yoshlarimiz ogoh va sergak bo‘lishi lozim. Tadbirda viloyat Narkologiya dispanseri narkolog-shifokori G.Sadullaeva ushbu illat domiga tushib qolgan yoshlar, ularning sog‘ligidagi salbiy holatlar haqida batafsil tushuntirib berdi.
Uchrashuv samimiy muloqot tarzida tashkil qilinib talaba-yoshlar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga viloyat Ichki Ishlar boshqarmasi mas’ullaridan javoblar olishdi.
21-fevral kuni soat 16:00 da doktor Saymon Horsmanning "Operatsion boshqaruvda holatlarni o‘rganish" mavzusidagi ma’ruzasi bo‘lib o‘tadi.
Doktor Saymon Horsman – Buyuk Britaniyaning Koventri Universiteti Iqtisodiyot, moliya va buxgalteriya hisobi maktabi dotsenti. U moliya va buxgalteriya hisobi sohasida tajribali tadqiqotchi va professor hisoblanadi.
Barcha qiziquvchi tadqiqotchilar va talabalar ushbu ma’ruzada qatnashishlari mumkin. Ishtirok etish uchun quyidagi havoladan foydalaning:
https://us02web.zoom.us/j/84917319095?pwd=kqPuPG13sCSLFE7q5AVcKB1lP8bcU2.1
Konferensiya identifikatori: 849 1731 9095
Parol: 123456
Winter school (qishki maktab) da o‘qish uchun ro‘yxatdan o‘tgan talabalar 2025-yil 17-fevraldan boshlab berilgan dars jadvali asosida dars mashg’ulotlariga qatnashishlariz so’raladi. Dars jarayonlari an’anaviy (offline) shaklda olib boriladi va talabalarning davomati yuritiladi.
Barcha talabalar diqqatiga! 2025-yil 19-fevral kuni soat 14-00da talaba-yoshlar o‘rtasida Shaxmat sport turidan musobaqa tashkil etilmoqda.
Universitetimizning barcha talabalarini ushbu musobaqada faol ishtirok etishini so‘rab qolamiz! Ishtirok etish istagida bo‘lgan talaba-yoshlar hozirdanoq ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Murojaat uchun: tel +99890 224-02-22, +99890 227-28-08 Universitet Sport klubi.
Joriy yilning 17-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faollar zalida mas’ullar, universitet faollari hamda 1-bosqich talabalari ishtirokida talabalarning ilg‘or g‘oya, taklif va tashabbuslari bilan yaqindan tanishish, ularning muammolarini hal qilish yuzasidan «Jaholatga qarshi ma’rifat» shiori ostida Samarqand viloyati Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining hududiy boshqarmasi rahbari Sohibnazar Boymurodov bilan “Yoshlarni radikal aqidaviy oqimlar ta’siridan saqlash” mavzusida uchrashuv tashkil qilindi.
Uchrashuvda davlat va din munosabatlari, islom dinining asl mohiyati, radikal, ekstremistik g‘oyalar to‘riga ilinishning ayanchli oqibatlari xususida misollar bilan gapirib berildi.
Bugungi kunda har bir talaba-yosh ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanish imkoniyatiga ega. Ushbu jarayonda turli taqiqlangan ekstremistik kuchlar o‘zlarning yod g‘oyalari bilan talaba-yoshlarni o‘z domiga tortishga harakat qiladi, bundan har bir yosh ogoh va sergak bo‘lishi kerak. Shuningdek uchrashuvda oliy ta’lim dargohida kiyinish madaniyati va unga rioya qilish haqida gapirilib, talabalarga zarur tavsiyalar berildi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirda talabalar ham o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba-yoshlari o‘rtasida "Biz giyohvandlikka qarshimiz!" shiori ostida shaxmat sport musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada shaxmat doskasida dona surishda mahoratga ega bo‘lgan talaba-yoshlar g‘olibga aylanishdi. Tadbir so‘nggida g‘olib talabalarga esdalik sovg'alar topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan mamlakatimizdagi iqtidorli va iste’dodli yoshlarning innovatsion faoliyati natijalari va tashabbuslarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish hamda salohiyatli yoshlarni ilm-fanga keng jalb etish maqsadida “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida “Faktoring sohasidagi startap va IT loyihalar” tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar:
- tanlov ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi kerak;
- tanlov ishtirokchilari yoshi, ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qat’iy nazar 40 yoshdan oshmasligi lozim;
- 1 nafar ishtirokchi 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi lozim.
Tanlovga topshiriladigan startap loyihalarga qo‘yiladigan talablar:
- startap loyiha faqatgina Faktoring sohasiga tegishli bo‘lishi;
- startap loyiha an’anaviy biznes turlaridan ilmiy yangiligi yoki innovatsion elementiga asosan farqli bo‘lishi;
- startap loyihaning jamiyat va iqtisodiyotdagi ma’lum bir muammoning yechimiga qaratilgan bo‘lishi;
- startap loyihani amalga oshirish uchun talab etiladigan mablag‘lar aniq ko‘rsatilishi va asoslantirilishi;
- startap loyihaning aniq amalga oshirish mexanizmlari, muddati va dastlabki natijalari ko‘rsatilgan bo‘lishi;
- startap loyihani amalga oshirishga so‘ralgan mablag‘ miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 3000 barobarigacha bo‘lishi;
- taqdim etilgan startap loyihalar tanlov talablariga qat’iy rioya qilingan, startap loyiha materiallari ishonchli va haqqoniy, ko‘chirmachilikka (plagiat) yo‘l qo‘yilmagan, belgilangan talablar asosida shakllantirilgan bo‘lishi;
- startap loyihalarni amalga oshirishning eng ko‘p muddati 12 oydan oshmasligi;
- taqdim etilgan startap loyihaning ma’lumotlari haqqoniyligi va ishonchliligi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni to‘la va o‘z vaqtida sifatli bajarilishiga startap loyiha mualliflari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar yuborish:
Tanlov doirasida arizalar 2025-yilning 16-yanvar kunidan 16-mart kuni soat 23:59 ga qadar qabul qilinadi.
Tanlovga taqdim etiladigan arizalar belgilangan hujjat shakllari asosida to‘ldirilib, elektron shaklda “startup.ilmiy.uz” platformasi orqali topshirilishi lozim.
Taqdim etilgan hujjatlar “Bo‘lajak olim” tanlovi talablariga mos ravishda to‘liq taqdim etilganligi va rasmiylashtirilganligini, ma’lumotlarning haqqoniyligi va ishonchliligi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni to‘la va o‘z vaqtida sifatli bajarilishiga ariza mualliflari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni: https:// innovation.gov.uz/en/contest/post-1862. internet manzilidan yoki +998 (71) 203-32-23 raqamidan olishingiz mumkin
Xalqimizning buyuk ajdodlari ijodidan namunalar “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro unversiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, professor J.Xoffman va xorijlik talabalar tomonidan o‘qib berildi.
Joriy yilning 14-fevral kuni “Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” shiori ostida “Milliy kiyimlar kiyish” haftasi deb e’lon qilindi. “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari o‘rtasida xalqimizning milliy liboslarini keng targ‘ib qilish maqsadida aksariyat jamoamiz xodimlari va talabalar universitetga adras, atlas, beqasam kabi xalqimizning milliy matolaridan tikilgan liboslarda kelishdi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz