Joriy yilning 17-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faollar zalida mas’ullar, universitet faollari hamda 1-bosqich talabalari ishtirokida talabalarning ilg‘or g‘oya, taklif va tashabbuslari bilan yaqindan tanishish, ularning muammolarini hal qilish yuzasidan «Jaholatga qarshi ma’rifat» shiori ostida Samarqand viloyati Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining hududiy boshqarmasi rahbari Sohibnazar Boymurodov bilan “Yoshlarni radikal aqidaviy oqimlar ta’siridan saqlash” mavzusida uchrashuv tashkil qilindi.
Uchrashuvda davlat va din munosabatlari, islom dinining asl mohiyati, radikal, ekstremistik g‘oyalar to‘riga ilinishning ayanchli oqibatlari xususida misollar bilan gapirib berildi.
Bugungi kunda har bir talaba-yosh ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanish imkoniyatiga ega. Ushbu jarayonda turli taqiqlangan ekstremistik kuchlar o‘zlarning yod g‘oyalari bilan talaba-yoshlarni o‘z domiga tortishga harakat qiladi, bundan har bir yosh ogoh va sergak bo‘lishi kerak. Shuningdek uchrashuvda oliy ta’lim dargohida kiyinish madaniyati va unga rioya qilish haqida gapirilib, talabalarga zarur tavsiyalar berildi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirda talabalar ham o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.