2025-yil 20-fevral kuni "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Malayziyaning SIRIM akademiyasi hamda JICA tashkilotining Malayziyadagi vakillari boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida universitet professor-o‘qituvchilari, talabalari hamda Samarqand shahrida faoliyat yuritayotgan turizm sohasi vakillari uchun "Muslim-friendly tourism" standartlari mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga JICA va SIRIM tashkilotlarining faoliyati hamda ularning turizm sohasidagi tajribalari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, turizm sohasida halol turizm sertifikatlash tizimini to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha muhim tavsiyalar va tushunchalar taqdim etildi.
2025-yil 17-fevralda "Ipak yo‘li" xalqaro turizm va madaniy meros universiteti O‘zbekistonda turizmni barqaror rivojlantirish masalalarini muhokama qilish uchun GIZ vakillarini taklif etdi.
Seminarni fan va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Tongqian Zou boshqardi. Avvaliga, Barqaror loyihalar bo‘limi rahbari Biti Shoreyt GIZ’ning O‘zbekiston barqaror rivojlanishiga qo‘shgan hissasi haqida qisqacha ma’lumot berdi. So‘ngra, "Qoraqalpog‘iston yo‘nalishlarni boshqarish tashkiloti" nodavlat notijorat tashkiloti direktori Melis Qo‘shnazarov "Qoraqalpog‘iston DMO: yo‘nalishlarni boshqarish orqali turizmni rivojlantirish" mavzusida ma’ruza qildi. U so‘nggi yillarda Qoraqalpog‘istonni targ‘ib qilish bo‘yicha o‘tkazilgan marketing tadbirlarini taqdim etdi. "Qoraqalpog‘iston yo‘nalishlarini boshqarish tashkiloti" nodavlat notijorat tashkiloti yuristi Ajiniyaz Saytaxov esa "O‘zbekiston turizm infratuzilmasini rivojlantirishda huquqiy va me’yoriy hujjatlarning o‘rni" mavzusida so‘zga chiqdi. Yurist Saytaxov huquqiy va me’yoriy hujjatlarning rivojlanish jarayoni haqida gapirdi.
Talabalar va yosh mutaxassislar uchun Bolgariyada amaliyot o‘tash imkoniyati! Yozni Qora dengiz sohilida yoki qishki ta’tilni tog‘ chang‘i kurortlarida o‘tkazib, mehmonxona biznesida tajriba orttirish va pul ishlash uchun ajoyib fursat!
Shartnoma muddati: 3 oy.
Stipendiya: oyiga kamida 550 yevro.
Ish haqi ish jadvaliga bog‘liq (haftasiga 6 kun, kuniga 8 soat).
Quyidagilar ta’minlanadi:
- Bepul yashash joy va ovqatlanish
- Aviachiptalar
- Tibbiy sug‘urta
- Aeroportdan mehmonxonagacha transport xizmati
Quyidagi lavozimlarga ishchilar kerak:
- Ofitsiantlar
- Barmenlar
- Xona tozalovchilar
- Oshxona xodimlari
Batafsil ma’lumot olish uchun 320-xonaga tashrif buyuring yoki
+998902702528 yoxud +998936650955 raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling.
2025-yil 19-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Tashkil etilgan musobaqaga universitetning 50 nafardan ortiq talabalari ishtirok etdi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘oliblar taqdirlandi.
Kun sayin nufuzi oshib borayotgan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga umumta’lim maktablari litsey bitiruvchilarning qiziqishi baland. Samarqand davlat chet-tillar instituti qoshidagi akademik litseyi bitiruvchilari ham oliygoh faoliyati bilan yaqindan tanishib ushbu ta’lim dargohida o‘qish niyatida ekanligini bildirishdi. Bitiruvchilarga universitet haqidagi barcha ma’lumotlarni Qabul va marketing bo‘limi mas’ul xodimlari gapirib berishdi
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining bakalavr va magistratura bosqichidagi talaba-yoshlari o‘rtasida “O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishning istiqbollari” nomli maqolalar tanlovida faol ishtirok etgan talabalar universitet tomonidan taqdirlandi. Ilmiy tadqiqotlar bo'limi tomonidan tashkil etilgan tanlov natijalariga ko'ra quyidagi talabalar g'olib bo'lishdi:
1-o'rin. Cheng Ruisi- Magistr
2-o'rin. Sirojiddinova Shaxrizoda- 2-kurs talabasi
3-o'rin. Sadikova Amina -1-kurs talabasi
"Tillar va global tadqiqotlar" kafedrasi katta o‘qituvchisi Ablakulova Iroda Kamolidinovna O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlangan Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori PhD ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.
Universitetimiz jamoasi nomidan o‘qituvchimizni ushbu muvaffaqiyati bilan muborakbod etamiz.
Bugun, 19-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi D.Turdiyeva va tyutor M.Tilavov 1-bosqich Man-124 va IR-224-guruhlarida “O‘zligingni angla” mavzusida psixologik trening tashkil etishdi.
Tadbirda talabalarga konflikt vaziyatlardan chiqish, stressni yengish borasida psixologik tavsiyalar berildi va emotsional so‘nish, zo‘riqishning oldini oluvchi amaliyotlar bajarildi. Shuningdek, maqsadni to‘g‘ri shakllantirish, unga erishish yo‘llari haqida interaktiv tarzda suhbat olib borildi. Talabalar maqsadga erishish yo‘lida to‘siqlarni qay yo‘sinda yengish kerakligini o‘z xatti-harakatlari misolida namoyish etishdi. Ijobiy muhit, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan psixologik trening ishtirokchilarga zo‘r motivatsiya berib, pozitiv emotsiyalar taqdim etdi.
Bugun 19-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Giyohvandlikka qarshi kurash” oyligi doirasida "Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz" shiori ostida birinchi bosqich talabalari o‘rtasida noan’anaviy shashka va shaxmat musobaqasi o‘tkazildi. Ushbu musobaqaning noodatiyligi shundaki shashka donalari mevalar va shirinliklarga almashtirilib o‘ynaldi.
Bugun 19-fevral kuni “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Abbasova boshchiligida kengash qoshida tashkil etilgan “Lider qizlar” klubining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Unda kengash raisi M.Abbasova klubning bugungi kundagi faoliyati, rejalari xususida gapirdi. Universitetda ko‘plab liderlikka qobiliyati bor talaba-qizlar ta’lim olishadi. Ana shunday talaba-qizlarni klubga jalb qilish orqali jamiyatga yetuk va faol qizlarni tarbiyalash bugungi kunning asosiy vazifasi hisoblanadi. Tadbirda ”Ulkan maqsadlar sari" mavzusida ochiq muloqat ham tashkil qilinib, a’zolarga qator savollar berildi. Yig‘ilishda birinchi bosqich talabalarimiz faol ishtirok etib taqdimotlar o‘tkazishdi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz