Chorshanba, 19 Fevral 2025 11:02

Universitetimizning “Lider qizlar” klubi o‘z atrofiga qobiliyatli va faol talabalarni birlashtirgan

Bugun 19-fevral kuni “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Abbasova boshchiligida kengash qoshida tashkil etilgan “Lider qizlar” klubining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Unda kengash raisi M.Abbasova klubning bugungi kundagi  faoliyati, rejalari xususida gapirdi. Universitetda ko‘plab liderlikka qobiliyati bor talaba-qizlar ta’lim olishadi. Ana shunday talaba-qizlarni klubga jalb qilish orqali jamiyatga yetuk va faol qizlarni tarbiyalash bugungi kunning asosiy vazifasi hisoblanadi. Tadbirda ”Ulkan maqsadlar sari" mavzusida ochiq muloqat ham tashkil qilinib, a’zolarga qator savollar berildi. Yig‘ilishda birinchi bosqich talabalarimiz faol ishtirok etib taqdimotlar o‘tkazishdi.

O'qilgan 196 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar