Yangiliklar: Fevral 2025

Dushanba, 24 Fevral 2025 17:07

Tyutor va psixolog hamkorligi davom etmoqda

Bugun, 24-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi D.Turdiyeva va tyutor P.Islomov bilan birgalikda 1-bosqich “Marketing” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan 124-guruhda tadbir tashkil etishdi.

Trening shaklida o‘tgan uchrashuvda tyutor va psixolog hamkorligi haqida to‘xtalib o‘tildi. D.Turdiyeva talabalar bilan o‘zini qabul qilish orqali dunyoni anglashga yordam beruvchi psixologik usullarni amalda qo‘lladi.

Psixokorreksion xarakterga ega ushbu amaliyotlar insondagi aybdorlik hissini yo‘qotishga, o‘ziga adekvat munosabatda bo‘lish, har qanday vaziyatda ham o‘zini qabul qilish ko‘nikmasini shakllantirishga ko‘mak beradi.

Ajoyib tarzda o‘tgan trening barcha ishtirokchilarda ijobiy taassurot qoldirib, motivatsiyani rivojlantirishga va psixologik resurslarni shakllantirishga zamin yaratdi.

Kategoriya Yangiliklar

Tashkil etilgan musobaqada 13 ta jamoa o‘zaro bellashishdi. Mantiqiy savollar, multfilm, arqon tortish va milliy qadriyatlar kabi vazifalarni o‘z ichiga olgan musobaqa yakunida g‘oliblar munosib  taqdirlanishdi.

1-o‘rinni  Princesses

2-o‘rinni  Fenix

3-o‘rinni  Gang jamoalari olishdi

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti delegatsiyasi nufuzli London International Model United Nations (LIMUN) 2025 xalqaro konferensiyasida ishtirok etish uchun Londonga keldi.

Universitetimiz talabalari va professor-o‘qituvchilari LIMUN qo‘mitalarida faol ishtirok etib, dolzarb global muammolarni muhokama qilmoqda va innovatsion yechimlar taklif etmoqda. Ushbu tadbirda qatnashish diplomatik ko‘nikmalar, tanqidiy fikrlash va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Kategoriya Yangiliklar

Bugun 21-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining 1-bosqich TTE-124 guruh talabalari uchun “Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bag‘ishlangan” - ma’rifat darsi noodatiy tarzda Mahmudxo‘ja Behbudiy  yashagan va ijod qilgan uy muzeyida “Ma’rifat darsi” sifatida tashkil qilindi. “Ma’rifat darsi” dastlab ekskursiya bilan  boshlanib unga “Tillar va global tadqiqotlar” kafedrasi o‘qituvchisi U.Otayorova taklif qilindi.

O‘qituvchi talabalarga ulug‘ ma’rifatparvar, noshir va jurnalistning hayoti va ijodi haqida gapirib berdi.

Kategoriya Yangiliklar

 Seminarga universitet Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiya ishlari bo‘yicha prorektori Tongqian Zou tomonidan “Xinjing Chunqiu International Travel Service Co., LTD” kompaniyasi direktori taklif etilgan.

Seminar mavzusi: hinese tourists' consumption behavior in Central Asia Seminar o‘tkazilish vaqti: 24-fevral, 2025-yil soat 15:30-16:30

Seminar o‘tkazilish joyi: Universitet binosi, 229-xona.

Barchaprofessor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar talabalar va qiziquvchilarni ushbu ilmiy seminarga taklif etamiz!

Kategoriya E'lonlar

Joriy yilning 21-fevral kuni “Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” shiori ostida “Milliy kiyimlar kiyish” haftasi deb e’lon qilindi.

Universitet professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar o‘rtasida xalqimizning milliy liboslarni  keng targ‘ib qilish maqsadida talabalar universitetga adras, atlas, beqasam kabi xalqimizning milliy matolaridan tikilgan liboslarda kelishdi.

Kategoriya Yangiliklar

21-fevral kuni Samarqand tumani joylashgan Prezident maktabi huzuridagi Ixtisoslashgan maktabi bitiruvchilari universitetimiz faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Oliygohda yaratilgan imkoniyatlar bilan Qabul va marketing bo‘limi boshlig‘i yaqindan tanishtirdi. Muhimi bitiruvchilarning universitetimizga bo‘lgan qiziqishi yanada ortib o‘z kelajagini ushbu oliygoh bilan bog‘lash niyatida ekanligini bildirishdi.

Kategoriya Yangiliklar

Bugun 21-fevral kuni “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz!” oyligi doirasida universitetimiz Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot Kengashi tashabbusi bilan universitet talabalarining intellektual bilimlarini sinovdan o‘tkazish hamda intellektual salohiyatini oshirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

 Bunday intellektual o‘yinlarda talabalarning ishtirok etishi  ularning bilimini oshirib, tezkor tafakkur va jamoaviy ishlash qobiliyatlarini namoyon qiladi.

O‘yin yakuniga ko‘ra,

 1- o‘rin Everest-324

2- o‘rin Mastermind

3- o‘rin Finix jamoalari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Kategoriya Yangiliklar

2025-yil 20-fevral kuni Buxoro turizm va madaniy meros texnikumida tashkil qilingan "Ochiq eshiklar kuni" tadbiridan maqsad texnikumda 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul jarayonlarini samarali tashkil etish hamda umumta’lim maktablarining 9-11-sinf bitiruvchilariga kelajakda kasb tanlashda ko‘maklashishdan iborat. Ushbu tadbirda Buxoro shahridagi 25 dan ortiq maktablardan jami ming nafarga yaqin bitiruvchi sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Texnikum o’qituvchilari va mutaxassislari tomonidan o‘quvchilarga texnikumda mavjud yo‘nalishlar, kasbiy rivojlanish imkoniyatlari hamda texnikumni tamomlagandan so‘ng ishga joylashish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar va imkoniyatlar bilan ham tanishtirib o’tildi.

Kategoriya Yangiliklar

2025-yilning 19-fevral kuni "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Ilmiy tadqiqotlar hamda Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo'limlari tomonidan universitet 1-bosqich bakalavr talabalari uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga tanlov talablari hamda talaba-yoshlarda ilmiy maqola yozish ko'nikmalarini rivojlantirish bo'yicha seminar tashkil etildi. Seminarda Ilmiy tadqiqotlar bo'limi mutaxassisi N. Xoliqov va Akademik qo'llab quvvatlash bo'limi tyutori P.Islomov talabalarga ilmiy maqola mavzularini to'g'ri tanlash, maqolani yozish va chop ettirish  borasida ma'lumot berishdi. Shuningdek, seminar doirasida universitetning  iqtidorli talabalari sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

Kategoriya Yangiliklar
3 dan 8 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar