Bugun, 24-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi D.Turdiyeva va tyutor P.Islomov bilan birgalikda 1-bosqich “Marketing” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan 124-guruhda tadbir tashkil etishdi.
Trening shaklida o‘tgan uchrashuvda tyutor va psixolog hamkorligi haqida to‘xtalib o‘tildi. D.Turdiyeva talabalar bilan o‘zini qabul qilish orqali dunyoni anglashga yordam beruvchi psixologik usullarni amalda qo‘lladi.
Psixokorreksion xarakterga ega ushbu amaliyotlar insondagi aybdorlik hissini yo‘qotishga, o‘ziga adekvat munosabatda bo‘lish, har qanday vaziyatda ham o‘zini qabul qilish ko‘nikmasini shakllantirishga ko‘mak beradi.
Ajoyib tarzda o‘tgan trening barcha ishtirokchilarda ijobiy taassurot qoldirib, motivatsiyani rivojlantirishga va psixologik resurslarni shakllantirishga zamin yaratdi.