2025-yil 20-fevral kuni Buxoro turizm va madaniy meros texnikumida tashkil qilingan "Ochiq eshiklar kuni" tadbiridan maqsad texnikumda 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul jarayonlarini samarali tashkil etish hamda umumta’lim maktablarining 9-11-sinf bitiruvchilariga kelajakda kasb tanlashda ko‘maklashishdan iborat. Ushbu tadbirda Buxoro shahridagi 25 dan ortiq maktablardan jami ming nafarga yaqin bitiruvchi sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Texnikum o’qituvchilari va mutaxassislari tomonidan o‘quvchilarga texnikumda mavjud yo‘nalishlar, kasbiy rivojlanish imkoniyatlari hamda texnikumni tamomlagandan so‘ng ishga joylashish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar va imkoniyatlar bilan ham tanishtirib o’tildi.