Bugun 18-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faollar zalida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” oyligi munosabati bilan Ichki Ishlar vazirligining hamda viloyat Ichki Ishlar boshqarmasining mas’ul mutasaddilari ishtirokida talabalar bilan uchrashuv tashkil qilindi. Dastlab mavzu yuzasidan videorolik namoyish qilindi. Shundan so‘ng Ichki Ishlar vazirligi Tezkor kidiruv deportamenti jinoyat kidiruv boshkarmasi giyohvandlik va psixotrop moddalarini muomilasiga karshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik A.Matlyubov tomonidan yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish yuzasidan ma’ruza qilindi.
Sir emas, bugun jamiyatimizda ayrim nopok kimsalar tomonidan yoshlarni giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar orqali o‘ziga qaram qilgan holda mumay daromad topishni maqsad qilganlar ham bor. Bundan esa yoshlarimiz ogoh va sergak bo‘lishi lozim. Tadbirda viloyat Narkologiya dispanseri narkolog-shifokori G.Sadullaeva ushbu illat domiga tushib qolgan yoshlar, ularning sog‘ligidagi salbiy holatlar haqida batafsil tushuntirib berdi.
Uchrashuv samimiy muloqot tarzida tashkil qilinib talaba-yoshlar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga viloyat Ichki Ishlar boshqarmasi mas’ullaridan javoblar olishdi.