Payshanba, 13 Fevral 2025 15:31

BUYUK AJDODLARIMIZGA EHTIROM

2025-yil 13-fevralda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Tillar va global tadqiqotlar” kafedrasi hamda tyutorlar bilan hamkorlikda o‘zbek adabiy tilining asoschisi, shoir, olim, ma’rifatparvar, faylasuf, musiqashunos, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining  584 yilligi hamda o‘zbek mumtoz adabiyotining yetuk namoyandasi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning tavalludining 542 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Shubhasiz, bugungi kunda Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur merosi turizm va madaniy merosni rivojlantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning asarlari va qoldirgan merosi dunyoning ko‘plab olimlari tomonidan o‘rganilmoqda, ularning hayoti yashagan diyorimizga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirmoqda. Bu esa xalqimizning madaniy qadriyatlarini butun dunyoga targ‘ib qilish, turizmni rivojlantirish uchun katta imkoniyat yaratadi.

Tadbir davomida talabalar ijrosida bobokalonlarimiz g‘azallaridan namunalar o‘zbek, ingliz, nemis, yapon, rus, fransuz, ispan tillarida o‘qilib, ruhlariga  hurmat bajo keltirildi. Sahna ko‘rinishi, sho‘x-shodon raqslar, kuy va qo‘shiqlar hamda Navoiy va Boburning ijodiga doir taqdimotlar tadbirga o‘zgacha zavq baxsh etdi. Tadbir soʻngida talabalar faxriy yorliq va sovgʻalar bilan taqdirlandi.

O'qilgan 311 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar