Juma, 28 Fevral 2025 09:23

Tyutor va psixolog hamkorligining yorqin lavhalari

Bugun, 27-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi D.Turdiyeva va tyutor M.Tilavov tomonidan “Logistika” va “Muzeyshunoslik” yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 1-bosqich talabalari uchun psixologik treninglar tashkil etildi.

Tadbirda hozirgi zamon insonining tushkunlik, ruhsizlik, hafsalasizlik holatiga tushishining psixologik sabablari haqida batafsil ma’lumot berildi. Amaliy qismda talabalarning ayni damdagi kayfiyatini ranglarda ko‘ruvchi psixologik texnika bajarildi. Guruhdagi jamoaviy ruh, jipslik, birdamlikni shakllantiruvchi harakatli o‘yinlar, tanani tonusga keltiruvchi psixogimnastik mashqlar qiziqarli tarzda amalda qo‘llanildi.

Treninglar ko‘tarinki ruhda o‘tdi va barcha ishtirokchilarda ijobiy taassurot qoldirdi, talaba yoshlarning ko‘zlangan maqsadlari sari olg‘a borish uchun ajoyib motivatsiya bo‘ldi.

O'qilgan 134 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar