Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2024-yil 12-yanvardagi “Xorijiy davlatlarda O‘zbekiston tarixi va madaniyati, o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganishni keng targ‘ib qilish orqali turistlar oqimini ko‘paytirish hamda mamlakatimiz nufuzini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-19-son qarorining 2-ilova, 12-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros халқаро universitetida 2024-yil 19-dekabrda олийгоҳимиз iqtidorli talabalari hamda xorijiy talabalar ishtirokida “Tillar va global tadqiqotlar” kafedrasi hamda universitet xotin-qizlar kengashi bilan hamkorlikda “Adabiy kecha” va “She’riy mushoira” tashkil etildi.
Xorijlik va mahalliy talabalarimiz ishtirok etgan ushbu tadbirni universitetimiz хotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova o‘z ma’ruzasi bilan ochib berdi. Dastlab tadbirda taniqli ijodkor, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limi rahbari, shoir Toshpo‘lat Tugalov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limi yetakchi mutaxassisi Mahmarizo Abdurahmonov va tarjimon Murodxon Ergashevlar ona vatanni, o‘zbek tilini madh etuvchi she’rlaridan o‘qib eshittirdi. Shuningdek, tadbirda universitetimiz “Tillar va global tadqiqotlar” kafedrasi mudiri, dotsent T.Sultanov Prezidentimizning 2024-yil 12-yanvardagi PQ-19-son qarori ijrosi yuzasidan xorijda nufuzli universitetlarda kafedralar tashkil qilinayotganligi va bu boradagi ishlar izchil amalga oshirilayotganligi xususida gapirdi.
Tadbirda iqtidorli talabalarimiz tomonidan shoirlar qalamiga mansub she’rlar tarjima qilinib, o‘qib eshittirildi. Shuningdek, tadbirda talabalarimiz o‘z ijod namunalaridan ham o‘qib berdilar. Tadbir ko‘tarinki ruhda tashkil qilinganligi va barcha xorijlik talabalarda katta taassurot qoldirganligi bilan esda qolarli bo‘ldi.