“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Xitoyning Shinjon universiteti prorektori janob Jin Gang boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolari bilan o‘tkazilgan uchrashuv doirasida 2025-yilga mo‘ljallangan hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qilindi va kelishib olindi.
Uchrashuv davomida quyidagi sohalarda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi:
- Shinjon universiteti va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetlari o‘rtasida turizm sohasida tarjimonlarni kelishilgan qo‘shma harakatlar rejasi bo‘yicha talabalarni tizimli o‘qitish va xitoy tili bo‘yicha mahalliy o‘qituvchilar uchun seminarlar tashkil etish;
- Turizm sohasida O‘zbekiston va Shinjon o‘rtasida tajriba almashish muhimligi va O‘zbekistonda turizm sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar, professor o‘qituvchilar va mazkur soha vakillari uchun Shinjonda malaka oshirish dasturini hamkorlikda muvofiqlashtirish;
- Shinjon universiteti amaliy yordami bilan Xitoyning butunjahon QS reytinggida top o‘rinlarni egallagan univeristetlari va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetlari o‘rtasida hamkorlik konsorsiumni imzolash va bu orqali kech qamrovdagi almashinuv dasturlarini tashkil etish;
- 2025-2026 o‘quv yilidan boshlab Shinjon universiteti talabalarini universitetda almashinuv dasturi bo‘yicha qabul qilish
Mazkur kelishuvlar xalqaro miqyosdagi aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi va ta’lim hamda ilm-fan sohalarida yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.