Yangiliklar: Dekabr 2024

 "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Koreya milliy ta'lim universiteti vakillari tashrif buyurishdi. (Ma’lumot uchun, ushbu universitet dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari qatorida bo‘lib, QS reytingida TOP-300 talikdan o‘rin olgan Janubiy Koreyaning nufuzli universitetlaridan biri hisoblanadi.)

Tashrif davomida mehmonlar universitet rahbariyati tomonidan samimiy kutib olinib, oliygohda yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirildi. So’ngra tashkil etilgan uchrashuv doirasida ta’lim sohasidagi ilg‘or tajriba va innovatsiyalarni o‘rganish, koreys tilida dars berayotgan professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish, shuningdek  koreys tilini o‘rganayotgan talabalarni yozgi maktablarga jalb qilish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar, shuningdek, akademik almashinuv dasturlarini rivojlantirish va ilmiy tadqiqotlarni birgalikda olib borish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Mazkur tashrif xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va universitetlararo aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.

Kategoriya Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi arafasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalarining Markaziy harbiy okrugga qarashli harbiy qismga sayohati tashkil qilindi.

Talaba-yoshlar Markaziy harbiy okrugda yaratilgan sharoyitlar, amaliy mashg‘ulotlar jarayonlari hamda tarix muzeyida vatanimiz tarixini o‘zida aks ettirgan eksponatlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.

Kategoriya Yangiliklar

Bugun 10-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Ipak yo‘lidagi madaniyatlar chorrahasi” mavzusida talabalar festivali tashkil qilindi. Tarixdan ma’lumki, tarixi ming yillarga borib taqaluvchi Ipak yo‘lida nafaqat savdo sotiq rivoj topganligi balki madaniyatlar  chorrahasi bo‘lganligi bilan ham ma’lum va mashhur. Festivalda universitetimiz iqtidorli talaba-yoshlari guruhlarga bo‘lingan holda Ipak yo‘lida joylashgan xalqlarning madaniyatini va san’atini namoyish qilishdi.

Kategoriya Yangiliklar
Dushanba, 09 Dekabr 2024 11:57

“Biz korrupsiyaga qarshimiz”

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Kompleans nazorati bo‘limi joriy yilning 16-dekabr kuni “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida talabalar o‘rtasida bilimlar bellashuvini e’lon qiladi. Ushbu bilimlar bellashuvi 16-dekabr kuni soat 14.00 da universitet binosida o‘tkazilishi belgilangan. Qo‘shimcha ma’lumotlar haqida universitet Kompleans nazorati bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.

Kategoriya E'lonlar

Bugun 6-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar maslahat kengashi hamda “Tillar va global tadqiqotlar” kafedrasi hamkorligida 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligining 32 yilligi bayrami munosabati bilan “Turizm va menejment” fakulteti talaba-qizlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, talaba-qizlarning huquqiy ongi, savodxonligini yanada oshirish maqsadida “Zakovat” intellektual bellashuvi o‘tkazildi.
Bellashuvda talaba-qizlarimiz “Lider qizlar”, “Bibixonim”, "Qomus", "Adolat" va "O'zbegim qizlari" nomli jamoalarda o'zaro kuch sinashdi. Bilimlar bellashuvida “Lider qizlar”, “Bibixonim” jamoalari eng yuqori natija ko'rsatib birinchi va ikkinchi o'rinlarni qo‘lga kiritishdi. G'olib va sovrindorlarga sertifikat va esdalik sovg’alari topshirildi.

Kategoriya Yangiliklar

2024-yil 6-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar maslahat kengashi, “Tillar va global tadqiqotlar”, “Tarix va madaniy meros” kafedralari hamda ”Qizlarjon” klubi a’zolari hamkorligida "To'maris izdoshlari" nomli mavzuda davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida Milliy Gvardiyaning Samarqand viloyati bo’yicha boshqarmasi harbiy qism harbiy xizmatchisi kapitan T.Soliyeva va harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari bilan ishlash katta offitseri leytenant R.Ibragimovalar oz ma’ruza va videoroliklari bilan ishtirok etib talaba-qizlarga o‘z maslahatlari va zarur tavsiyalarini berdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan targ‘ibot tadbirida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 5-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi Dildora Turdiуeva professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun tashkil etilgan “O‘zimga o‘zim do‘st bo‘lgan kun” nomli motivatsion trening o‘tkazdi.

Qishning sovuq kunlarida qalblarga iliqlik bag‘ishlagan tadbirda emotsional zo‘riqishning oldini oluvchi, negativ o‘y-fikrlardan xalos etuvchi, empatik his-tuyg‘ularni shakllantirishga yordam beruvchi turli mashq, texnika va o‘yinlar amaliyotda qo‘llanildi. Pol Mayerning hayotiy balans doirasi ishtirokchilarga qisqa muddatda o‘zini-o‘zi tahlil qilishga yordam beruvchi ajoyib vosita bo‘ldi.

Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan tadbir barcha ishtirokchilarga ijobiy his-tuyg‘ular ulashib, yanada samarali faoliyat yuritishi uchun ulkan motivatsiya berdi

Kategoriya Yangiliklar

Universitetimizning barcha talaba-yoshlari o‘rtasida asosiy bosh Qomusimiz bo‘lgan Konstitutsiyani keng targ‘ib qilish hamda ularning huquqiy savodxonligini yanada oshirish maqsadida turli davra suhbatlar, tadbirlar hamda o‘quv darslari o‘tkazilib kelinayapti.

Bugun 5-dekabr kuni universitetimizning barcha akademik guruhlari talabalari uchun o‘tkazilgan navbatdagi o‘quv dars jarayonlari aynan Konstitutsiyamizni o‘rganishga bag‘ishlandi.  Darslar yuqori saviyada o‘tkazilib unda Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati va O‘zbekiston – 2030 strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari doirasida belgilangan tub islohotlar haqida fikr-mulohazalar yuritildi. Dars jarayonlarida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Kategoriya Yangiliklar

2024-yil 3-dekabr kuni "MDH davlatlarining turizm va mehmondo‘stlik sanoati uchun kadrlar tayyorlash sohasida xalqaro hamkorlik to‘g‘risida" mavzusida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda universitetimiz vakillari MDH davlatlarining turizm sohasi mutasaddilari bilan birgalikda qatnashdilar.

Tadbirda Turizm kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi Firuz Zohidov tomonidan onlayn shaklda O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish va kadrlar tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlarga oid taqdimot qilindi. Taqdimot doirasida:

 - O'zbekistonda turizmni rivojlantirishda olib borilayotgan maqsadli ishlar, kadrlar tayyorlashga berilayotgan e'tibor,

- turizm va mehmonxona xo'jaligi sohasida o'quv dasturlari jahon reytingida birinchi 100 talikka kiruvchi ta'lim muassasalarining tajribasi asosida takomillashtirilishi,

- Turizm sohasida ta'lim to'rt yillikdan uch yillikka o'takazilishi orqali talabalar bir vaqtning o'zida ixtisosligi bo'yicha ishlab, kasbiy ko'nikmalarini bevosita ish joylarida rivojlantirish imkoniyati yaratilishi haqida aytib o'tdi.

 - Universitetimiz tomonidan xorijiy tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalari bilan olib borilayotgan hamkorlik ishlari doirasida, ayniqsa, UNWTO Turizm akademiyasining Samarqand kampusi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu kampus orqali turizm sohasida faoliyat olib borayotgan kadrlar uchun qayta tayyorlash seminarlari tashkil etilib, mazkur tadbirlar tashkilotning professional ekspertlari tomonidan o‘tkazilayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, ushbu kampusning kelajakda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalari va faoliyati haqida yig‘ilish ishtirokchilariga batafsil ma’lumot berildi. Bu tashabbus turizm va mehmondo‘stlik sohasida kadrlar malakasini oshirishga xizmat qilish bilan birga, xalqaro darajadagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun muhim poydevor ekanligi qayd etildi.

Yig‘ilish yakunida O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar yig‘ilish qatnashchilari tomonidan yuqori baholandi va alohida e’tirof etildi.

Kategoriya Yangiliklar
Chorshanba, 04 Dekabr 2024 11:48

E’LON!

Ziyorat turizmi bo‘yicha yana bir dissertatsiya ishi himoyasi

2024-yil 07-dekabr kuni soat 11:00 da UNWTO tematik ofisida  “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengashda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tayanch doktoranti  Xoliqov Nodirjon Abduxalil o‘g‘lining 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha “Ziyorat turizmiga oid destinatsiyalarni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi ishi himoyasi bo‘lib o‘tadi.

Kategoriya E'lonlar
4 dan 5 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar