2024-yil 3-dekabr kuni "MDH davlatlarining turizm va mehmondo‘stlik sanoati uchun kadrlar tayyorlash sohasida xalqaro hamkorlik to‘g‘risida" mavzusida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda universitetimiz vakillari MDH davlatlarining turizm sohasi mutasaddilari bilan birgalikda qatnashdilar.
Tadbirda Turizm kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi Firuz Zohidov tomonidan onlayn shaklda O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish va kadrlar tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlarga oid taqdimot qilindi. Taqdimot doirasida:
- O'zbekistonda turizmni rivojlantirishda olib borilayotgan maqsadli ishlar, kadrlar tayyorlashga berilayotgan e'tibor,
- turizm va mehmonxona xo'jaligi sohasida o'quv dasturlari jahon reytingida birinchi 100 talikka kiruvchi ta'lim muassasalarining tajribasi asosida takomillashtirilishi,
- Turizm sohasida ta'lim to'rt yillikdan uch yillikka o'takazilishi orqali talabalar bir vaqtning o'zida ixtisosligi bo'yicha ishlab, kasbiy ko'nikmalarini bevosita ish joylarida rivojlantirish imkoniyati yaratilishi haqida aytib o'tdi.
- Universitetimiz tomonidan xorijiy tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalari bilan olib borilayotgan hamkorlik ishlari doirasida, ayniqsa, UNWTO Turizm akademiyasining Samarqand kampusi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu kampus orqali turizm sohasida faoliyat olib borayotgan kadrlar uchun qayta tayyorlash seminarlari tashkil etilib, mazkur tadbirlar tashkilotning professional ekspertlari tomonidan o‘tkazilayotgani ta’kidlandi.
Shuningdek, ushbu kampusning kelajakda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalari va faoliyati haqida yig‘ilish ishtirokchilariga batafsil ma’lumot berildi. Bu tashabbus turizm va mehmondo‘stlik sohasida kadrlar malakasini oshirishga xizmat qilish bilan birga, xalqaro darajadagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun muhim poydevor ekanligi qayd etildi.
Yig‘ilish yakunida O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar yig‘ilish qatnashchilari tomonidan yuqori baholandi va alohida e’tirof etildi.