“Tarjima nazariyasi va amaliyoti: xitoy tili” fakultetining 5 nafar talabasi xitoy tilini o‘rganishdagi faolligi va tezkorligi sabab pul mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Ushbu talabalarimiz o‘qituvchilari Kamoliddin Bayqobilov, Xan Meyran va Vu Vivyen bilan birgalikda Toshkentga tashrif buyurishdi. Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi vakili Yu Junning talabalarimizga tantanali ravishda ushbu pul mukofotini topshirdi.
Universitetimiz jamoasi va talabalari ham ushbu talabalarimizni muborakbod etamiz.
29-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 1-dekabr Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati OIV va OITS haqida global xabardorlikni oshirish maqsadida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda universitetimiz talabalariga viloyat OITSga qarshi kurashish markazi tashkiliy bo‘limi sanitariya vrachi A.Jo‘raev ma’ruza qildi. Mutaxassis o‘z ma’ruzasida OIV va OITSga qarshi kurashish,uning kelib chiqish omillari haqida batafsil tushuntirishlar berib o‘tdi. Shundan so‘ng barcha talabalarga mavzu yuzasidan tayyorlangan bukletlar tarqatildi.
Universitetimizning “Yozma va og‘zaki tarjima tadqiqotlari” kafedrasi koreys tili o'qituvchisi Sitora Azizova yana bir bor Topik 5-C1 daraja sohibiga aylandi. Sitora Azizovani ushbu muvaffaqiyati bilan universitetimiz jamoasi nomidan muborakbod etamiz! Yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin.
9-dekabr “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bir qator targ‘ibot tadbirlari, tanlovlar o‘tkazilib kelinayapti.
Bugun 29-noyabr kuni universitetimiz faollar zalida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda viloyat hokimligi Turizm boshqarmasi bosh yurist konsultanti B.Mamedov so‘z olib, korrupsiya jamiyat illati ekanligi unga qarshii kurashishda barcha birdek faol bo‘lishi lozimligi xususida gapirdi. Shundan so‘ng 28-noyabr kuni universitetimiz talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Eng yaxshi rasmlar” tanlovi g‘oliblariga sertifikatlar topshirildi.
Iqtidorli talabalarimiz korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida chizilgan rasmlar universitetimiz kanalida berib boriladi.
Bugun 28-noyabr kuni "Ipak yo’li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Abbasova, universitet profilaktika noziri Sh.Qurbonov, psixolog D.Turdieva va tyutor P.Islomovlar tomonidan “25-noyabr-Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni" hamda “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun" aksiyasi munosabati bilan "Zo‘ravonnliksiz oila-farovon hayot sari" shiori ostida talaba-qizlar o‘rtasida davra suhbati va anonim so‘rovnoma o‘tkazildi.
Приглашаем вас на вебинар, который проведет региональный представитель компании Clarivate в Узбекистане, Диана Абдумуминова (PhD).
Тема: Использование платформ PIVOT-RP и международной научной базы данных Web of Science
Дата и время: 29 ноября 2024 года, 14:00
Место проведения: Международный университет туризма и культурного наследия «Шелковый путь», аудитория 108
Адрес: г. Самарканд, Университетский бульвар, 17
Этот вебинар поможет вам эффективно организовать научно-исследовательскую деятельность и освоить навыки работы с международными базами данных.
O'zbekiston Xususiy Sayyohlik Tashkilotlari Uyushmasi (APTA), "ADVANTOUR" kompaniyasi va AQSHning Toshkentdagi elchixonasi hamkorligida San-Diego (AQSH) sayyohlik kompleksi ijrochi direktori Aleks Uardning universitetimiz talabalarimizga "Travel Agent Training: Modern Approaches to Sales and Customer Service" mavzusida ma’ruza qildi. Amerikalik mehmon o‘z ma’ruzasida turizmdagi muhim jihatlar, mehmonni kutib olish unga xizmat ko‘rsatish kabilar haqida zarur tavsiya va ma’lumotlar berdi. Shu o‘rinda talabalar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Umuman olganda bu kabi talaba va turizm sohasida faoliyat yuritayotgan malakali xorijlik mutaxassis muloqoti amaliy natijaga egaligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari ushbu ma’ruza va misollar, foydali ma’lumotlar talabalarimizning kelgusidagi ish jarayonlarida, amaliyotida muhim rol o‘ynaydi.
Bugun 27-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Slovakiya Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi janob Viktor Boretskiy Slovakiyaning yetakchi universitetlaridan biri bo‘lgan ESVA universitetining Iqtisodiyot fakulteti dekani hamrohligida tashrif buyurdi.
Dastlab mehmonlar universitet rahbariyati tomonidan kutib olindi va oliygohda yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirildi. Shundan so‘ng Slovakiya Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi janob Viktor Boretskiy bilan universitetimiz rahbariyati o‘rtasida ikki tomonlama muloqot tashkil qilindi.
Ushbu tashrifdan ko‘zlangan maqsad Slovakiya universitetlari va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti o'rtasida talabalar almashinuvi dasturlari imkoniyatlarini muhokama qilish, o‘quv jarayoni va ilmiy faoliyatni tashkil etish sohasida tajriba almashish va turizm sohasidagi mutaxassis kadrlar almashinuvi va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish sohasidagi hamkorlik istiqbollarini o‘rganishdan iborat.
Samimiy va qizg‘in o‘tgan muloqot ikki tomonlama hamkorlikning kelgusidagi amaliy natijalarini belgilab berganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Bugun 27-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kuni munosabati bilan “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida “Eng yaxshi rasmlar” tanlovi o‘tkazildi.
Tadbirda universitetimizning barcha bosqich talabalari faol ishtirok etishdi. Talabalarimiz asosan jamiyatimizda korrupsiya illatiga qarshi kurashish, uning jarayonlari kabi mavzularda rasmlar chizib o‘z iqtidorlarini namoyish qilishdi.
Ushbu tanlov g‘oliblarini taqdirlash munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlar universitetimiz rasmiy kanali orqali yoritiladi.
Bugun 26-noyabr kuni, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti mutasaddilari Indoneziyaning Gunadarma universiteti delegatsiyasini kutib oldi. Ushbu tashrif Gunadarma universiteti rektori, professor Ye.S. Margianti (SE, MM) tashabbusi bilan amalga oshirildi.
Delegatsiya tarkibida Gunadarma universiteti ma’muriyati, tibbiyot fakulteti rahbar-xodimlari va ilmiy xodimlari ishtirok etdi. Tashrif doirasida BMT Samarqand Turizm akademiyasi, Indoneziyaning 5-prezidenti Megawati Soekarnoputri xonim tashrifi vaqtida universitet hududida tashkil etilgan Sukarno bog‘i va universitet binolari, jumladan, universitet hududi, universitetdagi Indoneziya markazi bilan tanishuv o‘tkazildi, bu esa ikki universitet o‘rtasidagi madaniy va akademik aloqalar ramzi hisoblanadi.
Tashrif doirasida tibbiyot turizmi bo‘yicha xalqaro seminar o‘tkazildi. Seminarda Gunadarma universiteti delegatsiyasining nufuzli vakillari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Shuningdek, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari ham ushbu mavzuda o‘z fikrlarini bildirdilar. Seminar so‘ngida Gunadarma universiteti nomidan universitetimiz kutubxonasi uchun kitoblar sovg‘a qilindi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz