“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi D.Turdiуeva va tyutor S.Abbasova TTJga tashrif buyurib, u yerda istiqomat qilayotgan talaba qizlar bilan uchrashuv o‘tkazishdi.
Uchrashuv doirasida universitet vakillari qizlarning yashash xonalari, oshxonani ko‘zdan kechirib, TTJda o‘rnatilgan tartib-intizom qoidalariga rioya etish borasida tushuntirish ishlari olib borishdi. D.Turdiуeva tomonidan o‘tkazilgan psixoprofilaktik suhbat chog‘ida qizlarning fikr-mulohazalari tinglanib, turli hayotiy vaziyatlarda o‘zini qanday tutish lozimligi bo‘yicha konstruktiv psixologik tavsiyalar berildi.
Ushbu kitob “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Pekin xalqaro tadqiqotlar universiteti, Xitoy madaniyat va turizm Akademiyasi, YUNESKOning Ipak yo'llari bo'ylab barqaror meros turizmi kafedrasi tomonidan tahrir qilinib nashrga berildi.
Kitobning kirish qismida Evropa va Sharqiy Osiyo o'rtasida strategik hududda joylashgan Markaziy Osiyo azaldan sivilizatsiyalar chorrahasi bo'lib, ulkan Evroosiyo qit'asi bo'ylab savdo va madaniy almashinuv uchun muhim kanal bo'lib xizmat qilganligi aytiladi. Asrlar davomida bu mintaqa Sharq va G'arb madaniyatlarining yaqinlashishiga yordam beradigan ko'prik vazifasini bajargan. Bugungi kunda Markaziy Osiyo tarix va meros xazinasi bo'lib turibdi, uning boy va asl madaniyati sayyohlar sonini ko'paytirmoqda. Shuningdek kitobda yurtimizning sayyohlik salohiyati e'tirof etilgan holda, mamlakatimizda vizasiz va elektron viza tizimlari, soddalashtirilgan sayohat qoidalari va kengaytirilgan xizmatlarni joriy qilganligi aytilgan.
Joriy yilning 16-noyabr kuni Samarqand iqtisodiyot va servis institutida o‘tkazilgan “Barqaror rivojlanish va atrof-muhitni boshqarishni rivojlantirishning uslubiy masalalari” ga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada universitetimiz prorektori, prof. Tongsyan Toni Zou “Sanoatni Orol dengizining ekologik tiklanishiga erishish uchun almashtirish” mavzusida qildi. Universitetimiz prorektori, prof. T.Zou ma’ruzasi Orol dengizidagi dala ishlarini olib borishga asoslangan bo‘lib, unda butun dunyoda Orol dengizini tadqiq etishdagi taraqqiyot, Orol dengizidagi ekologik inqirozning holati, sabablari va potentsial yechimlari bayon etilgan.
An’anaviy suv iste’mol qiluvchi qishloq xo‘jaligi o‘rniga eko qishloq xo‘jaligi, turizm va madaniy ijodkorlikni joriy etish Orol dengizining ekologik tiklanishiga erishish yechimlaridan biri sifatida taklif etildi.
Mazkur anjumanda O‘zbekiston, Xitoy, Hindiston, Germaniyadan 120 ga yaqin olim va talabalar ishtirok etdi.
Joriy yilning 14-15 noyabr kunlari Samarqand shahrida "Besh tashabbus" sport musobaqalari doirasida sportning Voleybol turi bo'yicha bellashuvlar bo'lib o'tdi.
Ushbu musobaqada viloyatimizdagi oliy ta’lim muasassalari talabalari o'zaro bahs olib borishdi. Qiziqarli o‘tgan musobaqada universitetimiz talabalari ham faol ishtirok etib sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritmoqda.
18-noyabr kuni Fransiyaning Toshkentdagi elchixonasida faoliyat yurituvchi “Campus France” loyihasi maxsus vakili Alice MOT xonim va Samarqand shahridagi “Fransuz Alyansi” markazi direktori hamrohligida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida universitet rahbariyati bilan uchrashuv tashkil o‘tkazilib, unda universitetimiz va Samarqanddagi “Fransuz Alyansi” oʻrtasidagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, Alice MOT xonim o‘z tashrifi doirasida universitet talabalariga Fransiyada tahsil olish yo‘llari va imkoniyatlari bilan tanishtirish uchun Campus France tizimini taqdimot etib talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi 5148-sonli qarori ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining tavsiyasiga muvofiq, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining 18-29 yoshli talabalari o‘rtasida sport sinovlarini ixtiyoriy va maxsus talablarini bajarib gʻolib va sovrindor boʻlgan 6 nafar talabalariga I, II va III darajali “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” koʻkrak nishonlari va sport formalari topshirildi.
Ushbu mukofotlarni topshirish marosimida viloyat sport boshqarmasi xodimlari hamda universitetimiz mutasaddilari, talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Bugun 15-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida viloyat IIB hamda qator mas’ul idoralar vakillari hamkorligida “Psixotrop moddalarning noqonuniy muommilasiga qarshi kurashish” mavzuida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Sir emas, bugungi kunda jamiyatimizda yoshlar o‘rtasida psixotrop moddalarni iste’mol qilish, uning noqonuniy muommalisiga aralashib qolish holatlari yuz bermoqda. Tadbirda viloyat Ichki Ishlar boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan respublikamizda hamda Samarqand viloyatida yoshlar o‘rtasida yuz berayotgan ushbu salbiy holatlar xususida ma’lumotlar aytildi.
Samimiy ochiq muloqot tarzida o‘tgan targ‘ibot tadbirida mutasaddilarga talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi. Shuningdek tadbirda psixotrop moddalarning noqonuniy muommilasi, yoshlarning ushbu holatlarga bilib bilmay qo‘shilib qolishi yuzasidan tayyorlangan videorolik namoyish qilindi.
Ushbu targ‘ibot tadbiridan ko‘zlangan maqsad talaba-yoshlar o‘rtasida uchrashi mumkin bo‘lgan bu kabi salbiy holatlarning oldini olish va yoshlarda immunitet yaratishdan iborat.
Joriy yilning 14-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi D.Turdiуeva va tyutor P.Islomov “Biznes boshqaruvi” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan 1-босқич 124-guruh talabalari uchun ajoyib tadbir tashkil qilishdi.
Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad, guruhda jamoaviy birdamlikni shakllantirish edi. Zero, har qanday jamoadagi ijobiy muhit – samaradorlik va muvaffaqiyat kaliti hisoblanadi.
Motivatsion trening shaklida o‘tgan uchrashuvda talabalarning ayni damdagi ruhiy holati aniqlandi, psixoemotsional zo‘riqishning oldini oluvchi mashqlar qo‘llanildi. Talabalar o‘rtasida do‘stona munosabatlar, jipslikni shakllantirishga qaratilgan amaliyotlar bajarildi.
Bugun universitetimizda har yili doimiy ravishda o‘tkazilib kelinadigan “Yilning eng faol talabasi” respublika tanlovining universitet bosqichi bo'lib o'tdi. Tanlovda universitetimizning eng faol va iqtidorli talabalari ishtirok etishdi. Nomzodlarni universitetimiz tomonidan tashkil qilingan komissiya a’zolari tanlab oldi. G‘oliblar keyingi bosqichda ishtirok etadi.
Turizm va madaniy meros sohasida ta’lim olayotgan talabalar doimiy ravishda tarixiy obidalarni yaqindan o‘rganishi va o‘z bilim va malakasini boyitib borishi lozim. Universitetimiz tyuterlari tomonidan Samarqand shahriga tashkil qilingan sayohatlardan ko‘zlangan maqsad ham ichki turizmni rivojlantirish va talaba yoshlarning bilim va malakasini oshirishdan iborat. Kuni kecha oliygohimizning Man-124 va Man-224 guruhlari talabalari ko‘hna kentning qator obidalarida ziyorat qilishdi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz