2025-yilning 22-fevraldan 11-martgacha Indoneziyaning Gunadarma universiteti tomonidan tashkil etilgan o‘quv seminarlarida universitet o‘qituvchilari va talabalari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. O‘quv kurslari davomida Gunadarma universitetining Turizm va madaniy meros yo‘nalishidagi mutaxassislari tomonidan dars mashg‘ulotlari olib borildi. Nazariy va amaliy darslarda Indoneziya tili, madaniyati va turizmning o‘ziga xos jihatlari o‘rganildi.
O‘quv kursining yakunida Gunadarma universiteti tomonidan “Indoneziyadan Samarqandgacha: Ipak yo‘lidagi madaniy va turizm aloqalarni kashf qilish” (“From Indonesia to Samarkand: Discovering Cultural and Tourism Connections on the Silk Road”) nomli xalqaro seminar tashkil etildi.
Tadbir yakunida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan o‘qituvchilar va talabalarga sertifikatlar topshirildi.