13-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Milliy qadriyatlar haftaligi” doirasida “Milliy kiyimlar kuni”, “Milliy hamda sport o‘yinlari” kunlari o‘tkazildi. Tadbirlarda oliygohimiz talabalari sportning badminton, shaxmat-shashka kabi sport o‘yinlarida o‘zaro bellashishdi.
Ushbu loyihalardan ko‘zlangan maqsad talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish va milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashdan iborat.