13-14 mart kuni Andijonda – Germaniya Xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) tomonidan mehmondo‘stlik sohasida ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida “Yashil mehmondo‘stlikda trening va konsalting asoslari” mavzusida ikki kunlik amaliy seminar tashkil etildi.
Mazkur tadbir mehmonxona va turizm sohasidagi mutaxassislar, tadbirkorlar hamda ekologik barqarorlikni biznesga tatbiq etishni istaganlar uchun muhim tajriba almashish maydoni bo‘lib xizmat qildi. Seminarda barqaror turizm amaliyotlari, ekologik standartlar va yashil sertifikatsiya jarayonlari muhokama qilindi. Ahamiyatlisi, mazkur seminarda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Turizm kafedrasi” o'qituvchisi S.Kuvandikov ishtirok etdi.
Universitetimiz Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan talaba-yoshlari o‘rtasida ot sportini keng targ‘ib hamda ularni hayvonat dunyosiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida Milliy Gvardiyaning Samarqand viloyati boshqarmasiga qarashli “Chavandozlar maktabi” hududiga sayohati tashkil etildi.
Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishini yanada yaxshilash maqsadida sportning futbol turi bo‘yicha universitetimiz talabalari o‘rtasida “Rector’s CUP” ochiq turniri o‘tkazildi.
16-17 mart kunlari o‘tkazilgan ochiq turnirda jamoalar o‘z mahoratlarini namoyish etib, keskin kurash olib borishdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra;
3-o‘rin - Unwantedboy jamoasi.
2-o‘rin - Krezus jamoasi.
1-o‘rin - Rektor kubogi-2025 chempioni – Xalqaro munosabatlar jamoasi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tomonidan ko‘chma kubok, medallar, diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
“Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros xalqaro universitetining birinchi bosqich talabalari “O‘zbekiston turizmi” fani doirasida Buxoroga o‘quv safarini amalga oshirishdi. Ushbu sayohat ularning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan boyitish va O‘zbekistonning boy tarixiy hamda madaniy merosini o‘rganish maqsadida tashkil etildi.
Safar davomida talabalar Ark qal’asi, Kalon minorasi, Mir Arab madrasasi va Labi Hovuz ansambli kabi muhim tarixiy obidalarga tashrif buyurishdi. Ekskursiya davomida talabalar Buxoroning Buyuk Ipak yo‘lidagi o‘rni, uning tarixiy ahamiyati va turizm sohasidagi roli haqida batafsil ma’lumot olishdi. Sayohat davomida madaniy merosni asrab-avaylash va uni turizm orqali rivojlantirish bo‘yicha ham muhokamalar olib borildi.
Bu tajriba talabalarning kelajakdagi kasbiy rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi, chunki ular nafaqat nazariy bilimlarni yanada mustahkamlash, balki O‘zbekistonning tarixiy sayyohlik maskanlari bilan yaqindan tanishib, turizm sohasida amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
2025-2026 o'quv yillarida Respublikamiz talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun Latviya Respublikasining oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun stipendiyalar ajratilishi va yozgi maktablar tashkil etilishi e’lon qilindi.
Ushbu imkoniyatlar talabalarga va professor-o‘qituvchilarga Latviya oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olish, yangi bilimlarni egallash va xalqaro tajriba orttirish imkonini yaratadi.
Qaysi imkoniyatlar taqdim etiladi?
Ariza topshirish tartibi va muddatlari:
Arizalar 1-aprelga qadar studyinlatvia.lv sayti orqali topshirilishi lozim.
Yoshlar va ilmiy xodimlar uchun ajoyib imkoniyatdan foydalanib, Latviya ta’lim tizimi bilan tanishish va kelajakda xalqaro darajada faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ling!
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 2025-yilning 15-mart kuni o‘tkazilgan ko‘chat ekish marafonidan tayyorlangan videokontent.
Bugun 15-mart kuni Jizzax shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili munosabati bilan “Bu bog‘lar bir bog‘lar bo‘ladi..”shiori ostida “Ziyolilar bog‘i”ni tashkil etish maqsadida ko‘chat ekish marafoni o‘tkazildi. Marafonda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov va boshqalar ushbu loyihadan ko‘zlangan maqsad va vazifalar haqida gapirib, respublika miqyosida onlayn tarzda ishtirok etayotgan oliy ta’lim muassasalariga ko‘chat ekishni boshlash bo‘yicha start berdi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti jamoasi ham ushbu marafonda faol ishtirok etib, oliygohimiz hovlisida “Ziyolilar bog‘ini” tashkil qilib, unga 20 ga yaqin turli xildagi manzarali daraxt ko‘chatlari ekishdi.
“Yozma va og‘zaki tarjima tadqiqotlari” kafedrasi o‘qituvchisining Guide 223 guruhi talabalari uchun xitoy tilidan juda qiziqarli bo‘lgan interaktiv dars berish jarayonlaridan fotolavhalar.
Bugun 14-mart kuni tashkil qilingan “Ma’rifat soati” Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida o‘tkazilib, unda 1-bosqich TTCH-124 guruh talabalari ishtirok etishdi. “Ma’rifat soati” ning mavzusi “Kitob- hayotni yaratuvchi muallim” deb nomlandi.
Universitetimiz “Yozma va og‘zaki tarjima tadqiqotlari” kafedrasi mudiri T.Akramova va kafedra o‘qituvchisi M.Baymatova Toshkent shahrida Koreya ta’lim markazi tomonidan tashkil qilingan “Ta’lim muasassalari o‘rtasida ta’lim almashinuvini mustahkamlash va rivojlantirish” mavzusidagi konferensiyada ishtirok etmoqda. Konferensiyada “Yozma va og‘zaki tarjima tadqiqotlari” kafedrasi o‘qituvchisi M.Baymatova “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida koreys tilidan talabalarga berilayotgan dars jarayonlaridagi ilg‘or pedogogik amaliyotlar xususida gapirdi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz