13-14 mart kuni Andijonda – Germaniya Xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) tomonidan mehmondo‘stlik sohasida ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida “Yashil mehmondo‘stlikda trening va konsalting asoslari” mavzusida ikki kunlik amaliy seminar tashkil etildi.
Mazkur tadbir mehmonxona va turizm sohasidagi mutaxassislar, tadbirkorlar hamda ekologik barqarorlikni biznesga tatbiq etishni istaganlar uchun muhim tajriba almashish maydoni bo‘lib xizmat qildi. Seminarda barqaror turizm amaliyotlari, ekologik standartlar va yashil sertifikatsiya jarayonlari muhokama qilindi. Ahamiyatlisi, mazkur seminarda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Turizm kafedrasi” o'qituvchisi S.Kuvandikov ishtirok etdi.