Shanba, 15 Mart 2025 13:23

Universitetimizda “Ziyolilar bog‘i” barpo qilindi.

Bugun 15-mart kuni Jizzax shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili munosabati bilan “Bu bog‘lar bir bog‘lar bo‘ladi..”shiori ostida “Ziyolilar bog‘i”ni tashkil etish maqsadida ko‘chat ekish marafoni o‘tkazildi. Marafonda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov va boshqalar ushbu loyihadan ko‘zlangan maqsad va vazifalar haqida gapirib, respublika miqyosida onlayn tarzda ishtirok etayotgan oliy ta’lim muassasalariga ko‘chat ekishni boshlash bo‘yicha start berdi.

 “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti jamoasi  ham ushbu marafonda faol ishtirok etib, oliygohimiz hovlisida “Ziyolilar bog‘ini” tashkil qilib, unga 20 ga yaqin turli xildagi manzarali daraxt ko‘chatlari ekishdi.

O'qilgan 47 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar