Dushanba, 17 Mart 2025 11:12

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari “O‘zbekiston turizmi” darsi doirasida Buxoroga sayohat qilishdi.

“Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros xalqaro universitetining birinchi bosqich talabalari “O‘zbekiston turizmi” fani doirasida Buxoroga o‘quv safarini amalga oshirishdi. Ushbu sayohat ularning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan boyitish va O‘zbekistonning boy tarixiy hamda madaniy merosini o‘rganish maqsadida tashkil etildi.

Safar davomida talabalar Ark qal’asi, Kalon minorasi, Mir Arab madrasasi va Labi Hovuz ansambli kabi muhim tarixiy obidalarga tashrif buyurishdi. Ekskursiya davomida talabalar Buxoroning Buyuk Ipak yo‘lidagi o‘rni, uning tarixiy ahamiyati va turizm sohasidagi roli haqida batafsil ma’lumot olishdi. Sayohat davomida madaniy merosni asrab-avaylash va uni turizm orqali rivojlantirish bo‘yicha ham muhokamalar olib borildi.

Bu tajriba talabalarning kelajakdagi kasbiy rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi, chunki ular nafaqat nazariy bilimlarni yanada mustahkamlash, balki O‘zbekistonning tarixiy sayyohlik maskanlari bilan yaqindan tanishib, turizm sohasida amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

O'qilgan 33 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar