Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy taʼlim muassasalarida talabalar teatr-studiyalari faoliyatiни kengaytirish hamda ular oʻrtasida teatr-studiyalar respublika koʻrik-festivali oʻtkazish belgilangan.
Koʻrik-festivalning yuqori bosqichlari teletanlov va tele-shou shaklida tashkil etiladi
Tadbirlarning respublika bosqichida 1, 2 va 3-oʻrinni egallagan jamoalar tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 100, 70 va 50 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Tanlovga ishtirik etish istagida bo‘lganlar Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limiga murojaat qilishlari so‘raladi. 235-xona.
Joyiy yilning 26-fevral sanasida 2025-yil 2-chorak uchun “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida mustaqil izlanuvchilikka (PhD, DSc) o‘qishga kirish uchun talabgorlar bilan suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tadi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida mustaqil izlanuvchilikka (PhD, DSc) o‘qishga hujjat topshirgan talabgorlarga suhbat jarayonlari mutaxasislik fanlaridan tuzilgan imtihon dasturlariga asosan o‘tkaziladi (ixtisosliklar bo‘yicha imtihon dasturlari ilova qilinadi).
Talabgorlardan suhbat o‘tkaziladigan vaqtdan yarim soat oldin suhbat o‘tkaziladigan joyga o‘zlarining shaxslarini tasdiqlovchi hujjat (passport) bilan kelishlari so‘raladi.
2025-yil 24-fevralda "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Xinjiang Chunqiu International Travel Service Co., Ltd. kompaniyasi raisi janob Chen Syulunni turizm va madaniyat yetakchilari uchun "Markaziy Osiyoda xitoylik sayyohlarning iste’mol xulq-atvori" mavzusida 7-chi ma’ruzasi so‘zga chiqdi.
Janob Chen Syulun Xitoyda tashqi turizmning rivojlanishi haqida ma’lumot berdi va Markaziy Osiyodagi xitoylik sayyohlarning iste’mol xatti-harakatlarini batafsil yoritib berdi. Shuningdek, rais Chen Xinjiang Chunqiu Travel Service Co., Ltd kompaniyasining o‘sish tarixi haqida so‘zladi. Ishtirokchilar direktor bilan bozor talabini tahlil qilish, mijozlarni jalb etish strategiyalari, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va kelajakdagi kengaytirish rejalari kabi masalalarni muhokama qildilar.
Seminarni fan va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Tongqian Zou olib bordi, unda xalqaro turizm universitetining turizm fakultetida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishdi.
Bugun, 24-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi D.Turdiyeva va tyutor P.Islomov bilan birgalikda 1-bosqich “Marketing” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan 124-guruhda tadbir tashkil etishdi.
Trening shaklida o‘tgan uchrashuvda tyutor va psixolog hamkorligi haqida to‘xtalib o‘tildi. D.Turdiyeva talabalar bilan o‘zini qabul qilish orqali dunyoni anglashga yordam beruvchi psixologik usullarni amalda qo‘lladi.
Psixokorreksion xarakterga ega ushbu amaliyotlar insondagi aybdorlik hissini yo‘qotishga, o‘ziga adekvat munosabatda bo‘lish, har qanday vaziyatda ham o‘zini qabul qilish ko‘nikmasini shakllantirishga ko‘mak beradi.
Ajoyib tarzda o‘tgan trening barcha ishtirokchilarda ijobiy taassurot qoldirib, motivatsiyani rivojlantirishga va psixologik resurslarni shakllantirishga zamin yaratdi.
Tashkil etilgan musobaqada 13 ta jamoa o‘zaro bellashishdi. Mantiqiy savollar, multfilm, arqon tortish va milliy qadriyatlar kabi vazifalarni o‘z ichiga olgan musobaqa yakunida g‘oliblar munosib taqdirlanishdi.
1-o‘rinni Princesses
2-o‘rinni Fenix
3-o‘rinni Gang jamoalari olishdi
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti delegatsiyasi nufuzli London International Model United Nations (LIMUN) 2025 xalqaro konferensiyasida ishtirok etish uchun Londonga keldi.
Universitetimiz talabalari va professor-o‘qituvchilari LIMUN qo‘mitalarida faol ishtirok etib, dolzarb global muammolarni muhokama qilmoqda va innovatsion yechimlar taklif etmoqda. Ushbu tadbirda qatnashish diplomatik ko‘nikmalar, tanqidiy fikrlash va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Bugun 21-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining 1-bosqich TTE-124 guruh talabalari uchun “Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bag‘ishlangan” - ma’rifat darsi noodatiy tarzda Mahmudxo‘ja Behbudiy yashagan va ijod qilgan uy muzeyida “Ma’rifat darsi” sifatida tashkil qilindi. “Ma’rifat darsi” dastlab ekskursiya bilan boshlanib unga “Tillar va global tadqiqotlar” kafedrasi o‘qituvchisi U.Otayorova taklif qilindi.
O‘qituvchi talabalarga ulug‘ ma’rifatparvar, noshir va jurnalistning hayoti va ijodi haqida gapirib berdi.
Seminarga universitet Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiya ishlari bo‘yicha prorektori Tongqian Zou tomonidan “Xinjing Chunqiu International Travel Service Co., LTD” kompaniyasi direktori taklif etilgan.
Seminar mavzusi: hinese tourists' consumption behavior in Central Asia Seminar o‘tkazilish vaqti: 24-fevral, 2025-yil soat 15:30-16:30
Seminar o‘tkazilish joyi: Universitet binosi, 229-xona.
Barchaprofessor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar talabalar va qiziquvchilarni ushbu ilmiy seminarga taklif etamiz!
Joriy yilning 21-fevral kuni “Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” shiori ostida “Milliy kiyimlar kiyish” haftasi deb e’lon qilindi.
Universitet professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar o‘rtasida xalqimizning milliy liboslarni keng targ‘ib qilish maqsadida talabalar universitetga adras, atlas, beqasam kabi xalqimizning milliy matolaridan tikilgan liboslarda kelishdi.
21-fevral kuni Samarqand tumani joylashgan Prezident maktabi huzuridagi Ixtisoslashgan maktabi bitiruvchilari universitetimiz faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Oliygohda yaratilgan imkoniyatlar bilan Qabul va marketing bo‘limi boshlig‘i yaqindan tanishtirdi. Muhimi bitiruvchilarning universitetimizga bo‘lgan qiziqishi yanada ortib o‘z kelajagini ushbu oliygoh bilan bog‘lash niyatida ekanligini bildirishdi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz