press

press

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan mamlakatimizdagi iqtidorli va iste’dodli yoshlarning innovatsion faoliyati natijalari va tashabbuslarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish hamda salohiyatli yoshlarni ilm-fanga keng jalb etish maqsadida “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida “Faktoring sohasidagi startap va IT loyihalar” tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar:

- tanlov ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi kerak;

- tanlov ishtirokchilari yoshi, ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qat’iy nazar 40 yoshdan oshmasligi lozim;

- 1 nafar ishtirokchi 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi lozim.

Tanlovga topshiriladigan startap loyihalarga qo‘yiladigan talablar:

- startap loyiha faqatgina Faktoring sohasiga tegishli bo‘lishi;

- startap loyiha an’anaviy biznes turlaridan ilmiy yangiligi yoki innovatsion elementiga asosan farqli bo‘lishi;

- startap loyihaning jamiyat va iqtisodiyotdagi ma’lum bir muammoning yechimiga qaratilgan bo‘lishi;

- startap loyihani amalga oshirish uchun talab etiladigan mablag‘lar aniq ko‘rsatilishi va asoslantirilishi;

- startap loyihaning aniq amalga oshirish mexanizmlari, muddati va dastlabki natijalari ko‘rsatilgan bo‘lishi;

- startap loyihani amalga oshirishga so‘ralgan mablag‘ miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 3000 barobarigacha bo‘lishi;

- taqdim etilgan startap loyihalar tanlov talablariga qat’iy rioya qilingan, startap loyiha materiallari ishonchli va haqqoniy, ko‘chirmachilikka (plagiat) yo‘l qo‘yilmagan, belgilangan talablar asosida shakllantirilgan bo‘lishi;

- startap loyihalarni amalga oshirishning eng ko‘p muddati 12 oydan oshmasligi;

- taqdim etilgan startap loyihaning ma’lumotlari haqqoniyligi va ishonchliligi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni to‘la va o‘z vaqtida sifatli bajarilishiga startap loyiha mualliflari shaxsan javobgar hisoblanadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar yuborish:

Tanlov doirasida arizalar 2025-yilning 16-yanvar kunidan 16-mart kuni soat 23:59 ga qadar qabul qilinadi.

Tanlovga taqdim etiladigan arizalar belgilangan hujjat shakllari asosida to‘ldirilib, elektron shaklda “startup.ilmiy.uz” platformasi orqali topshirilishi lozim.

Taqdim etilgan hujjatlar “Bo‘lajak olim” tanlovi talablariga mos ravishda to‘liq taqdim etilganligi va rasmiylashtirilganligini, ma’lumotlarning haqqoniyligi va ishonchliligi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni to‘la va o‘z vaqtida sifatli bajarilishiga ariza mualliflari shaxsan javobgar hisoblanadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni: https:// innovation.gov.uz/en/contest/post-1862. internet manzilidan yoki +998 (71) 203-32-23 raqamidan olishingiz mumkin

Juma, 14 Fevral 2025 13:33

Buyuk siymolarga ehtirom

Xalqimizning buyuk ajdodlari ijodidan namunalar “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro unversiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, professor J.Xoffman va xorijlik talabalar tomonidan o‘qib berildi.

Joriy yilning 14-fevral kuni “Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” shiori ostida “Milliy kiyimlar kiyish” haftasi deb e’lon qilindi. “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari o‘rtasida xalqimizning milliy liboslarini  keng targ‘ib qilish maqsadida aksariyat jamoamiz xodimlari va talabalar universitetga adras, atlas, beqasam kabi xalqimizning milliy matolaridan tikilgan liboslarda kelishdi.

Joriy yilning 13-fevral kuni Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumiga Yaponiyaning Tsukuba universitetidan O‘zbekiston ta’lim tizimi, modernizatsiya islohotlari, o‘qitish va ta’limning innovatsion uslublari bilan yaqindan tanishish maqsadida  Doktor NAOHIRO XIGUCHI, KUANISH TASTANBEKOVA boshchiligadagi 5 nafar magistr va doktorant talabalar tashrif buyurdilar.

Mehmonlar texnikum faoliyati, tayyorlanayotgan kasblar va yo‘nalishlar,  dars jarayonlari bilan tanishdilar hamda kelgusida hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha kelishib olindi.

Xitoyning Xarbin shahrida davom etayotgan IX qishki Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi yutuqqa erishdi.

26 yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi qishki Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu g‘alabani O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari – figurali uchish bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari Dmitriy Chigirev va Yekaterina Geynish taqdim etdilar.

Sportchilarimiz 176.43 ball to‘plab, musobaqaning eng yuqori natijasini qayd etdilar va qishki Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandilar.

Payshanba, 13 Fevral 2025 15:31

BUYUK AJDODLARIMIZGA EHTIROM

2025-yil 13-fevralda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Tillar va global tadqiqotlar” kafedrasi hamda tyutorlar bilan hamkorlikda o‘zbek adabiy tilining asoschisi, shoir, olim, ma’rifatparvar, faylasuf, musiqashunos, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining  584 yilligi hamda o‘zbek mumtoz adabiyotining yetuk namoyandasi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning tavalludining 542 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Shubhasiz, bugungi kunda Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur merosi turizm va madaniy merosni rivojlantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning asarlari va qoldirgan merosi dunyoning ko‘plab olimlari tomonidan o‘rganilmoqda, ularning hayoti yashagan diyorimizga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirmoqda. Bu esa xalqimizning madaniy qadriyatlarini butun dunyoga targ‘ib qilish, turizmni rivojlantirish uchun katta imkoniyat yaratadi.

Tadbir davomida talabalar ijrosida bobokalonlarimiz g‘azallaridan namunalar o‘zbek, ingliz, nemis, yapon, rus, fransuz, ispan tillarida o‘qilib, ruhlariga  hurmat bajo keltirildi. Sahna ko‘rinishi, sho‘x-shodon raqslar, kuy va qo‘shiqlar hamda Navoiy va Boburning ijodiga doir taqdimotlar tadbirga o‘zgacha zavq baxsh etdi. Tadbir soʻngida talabalar faxriy yorliq va sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Seminar davomida dekan N.Xushvaqtov tomonidan talabalar uchun quyidagi mavzularda ma'lumotlar berib o'tildi.

✅ Xalqaro va respublika grantlarda ishtirok etish

✅ Xalqaro talabalar almashinuvi

✅ Prezident va nomdor davlat stipendiyalari

✅ Yil talabasi tanlovi

✅ Yosh olimlar kengashi faoliyati

✅ Yoshlar akademiyasi faoliyati

✅ Kafedralar tarkibidagi fan to’garaklar faoliyati

✅ Start-up loyihalarini tayyorlash va ularni amaliyotga joriy etish

✅ Universitet tomonidan faol va iqtidorli talabalarni rag'batlantirib borish tartibi

✅  Shaxsiy va jamoaviy loyihalarni qo'llab quvvatlash.

Chorshanba, 12 Fevral 2025 16:18

DIQQAT E’LON!

Barcha talabalar diqqatiga! Talaba-yoshlarga sog'lom turmush tarzini keng targ'ib  qilish va ularning sport bilan shug'ullanishiga bo‘lgan qiziqishini oshirish  maqsadida 2025-yil 16-18 fevral kunlari  "Talaba - Yugur" "O'qituvchi-Yugur"  "Harbiy-Yugur"  ommaviy  yugurish sport musobaqasining hududiy bosqichi tashkil etilmoqda.

Barcha talabalarimizni ushbu loyihada faol bo‘lishi so‘rab qolamiz!  Ishtirok etish istagida bo'lgan talaba-yoshlar ro'yxatdan o'tishlari mumkin.

Murojaat uchun: tel +99890 224-02-22,

                                   +99890 227-28-08

Universitet Sport klubi.

Chorshanba, 12 Fevral 2025 15:50

Milliy liboslar xalqimiz ko‘rki

Milliy liboslar kabi ko‘zni quvnatadigan, yorqin ranglari, takrorlanmas naqshlari bilan kishiga xush kayfiyat bag‘ishlaydigan milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, qadimiy urf-odat va an’analari, estetik qarashlari shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassam. Bugun 2- bosqich Log-123 guruh qizlarimiz milliy liboslarini namoyon etishdi

 “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Silk Road by Minyoun” kompaniyasi bosh menejeri, janob Devid Dingni Samarqand shahridagi “Silk Road” turizm markazini rivojlantirish bo‘yicha talabalarga ma’ruza qildi va sohaga oid juda muhim ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.

Janob Devid Ding xalqaro sayyohlarni jalb etishni maqsad qilgan Samarqand turizm markazida o‘zbek tarixi va zamonaviy qulayliklar uyg‘unligini ta’kidladi. Talabalar bosh direktor bilan investitsiyalarning qaytarilishi, o‘zini oqlash muddati, zararni bartaraf etish nuqtasi va kelajakdagi rivojlanish rejalari kabi masalalarni muhokama qilishdi.

Seminarni universitetimiz fan va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Tongsyan Zou olib bordi.  Ma’ruzada universitetimiz magistrantlari va aspirantlari Samarqand shahrida turizmni rivojlantirish masalalari xususidagi muhokamada faol ishtirok etishdi.

13 dan 126 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar