press

press

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ma’muriy masalalar bo’yicha birinchi prorektori va universitet xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i S.Samariddinov Xitoyning Shinjon Uyg'ur avtonom rayoniga tashrifi doirasida Shinjon Universitetiga tashrif buyurib universitet rahbariyati bilan qator uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuv doirasida Turizm sohasida O‘zbekiston va Shinjon o‘rtasida tajriba almashish, O‘zbekiston mutaxassislarini Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziriligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni madaniyat va turizm department hamda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamkorlikgida ishlab chiqilgan aniq reja bo’yicha Shinjonga malaka oshirish, ikki universitetning talabalar almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda ilmiy tadqiqot sohalarida hamkorlik  o‘rnatish masalasiga alohida e’tibor berildi.

Shinjon Universiteti delegatsiyasi joriy yilning dekabr oyida universitetimizga tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori hamkor universitet Pekin Xalqaro Tadqiqotlar Universitetining 60-yillik tantanali yubiley tadbiri hamda tadbir doirasida tashkil etilgan “Xorijiy OTM rahbar va vakillari Xalqaro P2P almashinuv forumi”da ishtirok etdi. Forum doirasida tashrif buyurgan mahalliy va xorijiy universitetlar ishtirokchilariga universitetimiz tarixi, universitet rektori boshchiligida olib borilayotgan keng ko’lamdagi ishlar, UNWTO shafeligida tashkil etilgan Xalqaro turizm akademiyasi, o‘rnatilinayotgan xalqaro hamkorlik aloqalari va mazkur hamkorliklar doirasida amalga oshirilinayotgan ishlar va xorijiy talabalar o‘qishlari uchun davlat tomonidan ajratilinayotgan grant haqida takidlab o‘tildi.

Tashrif doirasida Pekin Xalqaro Tadqiqotlar Universiteti prezidenti professor Ji Jinbiao bilan universitetlar o‘rtasida o‘rnatilgan va olib borilayotgan hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha muzokara o‘tkazildi.

Shuningdek, hamkor universitet qoshida tashkil etilgan Xitoy Madaniyat va Turizm Akademiyasining madaniyat va turizm raqamli laboratoriyasida olib borilayotgan ishlar, turizm sohasini raqamlashtirish tizimi, va Xitoyda turizm va madaniy meros sohalarini raqamlashtirishda olib borilayotgan ishlar bo‘yicha tanishildi.

Quvonarlisi shundaki, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida tahsil olib muvaffaqqiyatli bitirgan talabalarimiz hozirda Pekin Xalqaro Tadqiqotlar Universitetida magistratura bosqichida to’liq grant asosida tahsil olishmoqda.

Dushanba, 28 Oktyabr 2024 11:31

E’LON

2024-yil 30-oktyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari o‘rtasida sportning SHAXMAT turidan musobaqa bo‘lib o‘tadi.  Shaxmat musobaqalari soat 14:00 da boshlanadi.

Musobaqada ishtirok etish istagini bildirgan talabalar universitet sport klubiga murojaat qilishlari mumkin!

Batafsil ma‘lumot olish uchun: +99890 227-28-08 Sport klub.

Musobaqaga barcha talaba-yoshlarni taklif etamiz.

Dushanba, 28 Oktyabr 2024 11:13

E’LON

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Tillar va Global tadqiqotlar” kafedrasining 2024-yil 30-oktabr kuni soat 14:00 da kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
KUN TARTIBI:
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tayanch doktoranti Abdusalamova Lobar Akbar Qizining 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi bo‘yicha PhD ilmiy darajasini olish uchun tanlangan “XX asr so‘ngida ingliz adabiyotshunosligi hamda Ch.Aytmatov ijodida odorokolofonik birliklar poetikasi va o‘zbekcha tarjimasi: qiyos va idrok” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokamasi.
ILMIY RAHBAR: filologiya fanlari nomzodi, dotsent Ismailov Anvar Rustamovich

"Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Turizm kafedrasi o‘qituvchisi Ibrohimbek Akramovning  nufuzli xalqaro Matematika Fanlari Jurnalida "Fazasi D turidagi singulyarliklarga ega bo'lgan tebranuvchi integral uchun baholar" nomli ilmiy maqolasi nashr qilindi. Muallif o‘z maqolasida mavzudan kelib chiqib ilmiy yondoshgan holda dolzarb mavzuni yoritgan va yangiliklarni bayon qilgan.

Universitetimiz o‘qituvchisi Ibrohimbek Akramovning ushbu ilmiy maqolasi bilan qutlagan holda faoliyatiga omad tilaymiz.

Juma, 25 Oktyabr 2024 09:39

Kuch - birlikda!

Joriy yilning 25-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi Dildora Turdiyeva 1-bosqich logistika yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan 124-guruh talabalari uchun “Kuch - birlikda!” nomli motivatsion trening o‘tkazdi. Unda tyutor Pirnazar Islomov ham qatnashdi.
Turli relaksatsion mashqlar, to‘g‘ri nafas olish gimnastikasi ichki zo‘riqishning oldini oluvchi, emotsional balans va xotirjamlikka eltuvchi ajoyib vosita bo‘ldi. Trening davomida o‘zaro ijobiy munosabatlarni yaxshilashga erishish, guruhda sog‘lom raqobat, jamoaviy ruh, birdamlik muhitini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan psixologik amaliyotlar barcha ishtirokchilarga pozitiv kayfiyat ulashdi.

Bugun 25-oktabr kuni universitetimiz jonkuyar koreys tili o‘qituvchisi Munira Baymatova universitetimiz huzuridagi Turizm akademiyasida universitetimiz talabalari uchun koreys xalqining milliy ovqatlarini, salatlarini tayyorlash bo‘yicha master-klass o‘tkazdi. Tadbirda o‘qituvchimiz M.Baymatova koreyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda bir necha turdagi ovqatlar tayyorlab berishdi. 

Bugun universitetimiz Komplaens nazorati bo‘limi bosh mutaxassisi Ilhom Ne’matov, huquqshunos Farhod Boboyev hamda tyutor Gavhar Xusainova talaba yoshlar bilan davra suhbati o‘tkazdi. Davra suhbati Tour-123 guruhi talabalari bilan bo‘lib, ularga jamiyatda korrupsiya illat ekanligi unga qarshi kurashishda barcha birdek hamjihat bo‘lishi lozimligi xususidagi fikrlar aytildi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

24-oktabr kuni universitetimiz tyutori P.Islomov talabalar turar joyida talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xonalarning toza va ozoda saqlanishi hamda jihozlardan to’g’ri foydalanish, ularni asrash zarurligi kabi muhim masalalar haqida talabalarga zarur tavsiyalar berdi.
Olib borilgan suhbat jarayonlarida talabalar muammosi tinglanib, psixologik yondashildi va uni bartaraf qilish choralari ko‘rildi.

2024-yil 24-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar kengashi tomonidan, universitetda faoliyat yuritayotgan tozalik uchun mas‘ul xotin-qizlar ishtirokida   “Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo’ravonlikga” qarshimiz mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonida ilgari surilgan ”Inson qadri uchun”  tamoyilidan kelib chiqib xotin-qizlarning va bolalarning ijtimoiy faolligini, huquqiy savodxonligini oshirish xususida so‘z yuritilib bu borada universitetda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida to’xtalib o’tildi. Tadbirda Yoshlar bilan ishlash va tadbirlar bo’limi boshlig’I N.Abduvaxidova, universitet Kasaba uyushmasi raisi S.Matlabov, universitet “Turizm” kafedrasi o’qituvchisi A.Izbasarova, universitet psixologi D.Turdievalar ishtirok etishdi.

11 dan 103 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar