"O'zbekiston Yoshlari Forumi-2021" doirasida Joriy yilning 21-dekabr kunida yoshlarning innovatsion g‘oyalari va startap loyihalarini amalga oshirish, ularning innovatsion tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va BMT Taraqqiyot Dasturining “O'zbekistonda yoshlar bandligiga komaklashish” qo‘shma loyihasi doirasida "Eng istiqbolli 40 startap loyihalari" ko'rgazmasi va ularni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Mazkur jarayonlarda "Ipak yo'li" turizm xalqaro universiteti 3-bosqich talabasi Shodiyor Amirullayev o'zining "Sunshine-Educational Platform" nomli loyihasi bilan "Eng istiqbolli 40 startap loyihalar" qatoridan joy olgan holda 50 million so'm miqdorida maqsadli grant mablag'i va C-Space Coworking tomonidan Open Spaceda loyihalar ustida ishlash uchun 5 million so'm miqdorida pul mukofoti, shuningdek kristal ramziy kubok va sertifikat bilan taqdirlandi.
Ma'lumot o'rnida Shodiyor Amirullayev Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi huzuridagi Yoshlar Parlamenti a'zosi hamdir.
Joriy yil 20-21dekabr kunlari Buxoro shahrida II Xalqaro yoshlar turizm forumi oʻtkazildi. Loyiha tashabbuskori Buxoro viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi bo'lib, onlayn-forumda 10 ga yaqin xorijiy delegatlar ishtirok etdi. Tadbirni tashkil qilishdan maqsad mahalliy va xorijiy mutaxassislar va talabalarning yuqori salohiyatli ilmiy ishlanmalari, start-up loyihalarini aniqlab, hayotga tadbiq etish hamda turizm sohasida yetuk kadrlarni yetishtirishga koʻmaklashishdan iborat.
Ikki kun davom etgan forumda yurtimizning qator viloyatlaridan tashrif buyurgan yoshlar, qolaversa xorijdagi talabalar (onlayn tarzda) va soha ekspertlari oʻz startap loyihalari va ilmiy ishlanmalari bilan qatnashishdi.
Unga ko‘ra:
- MICE turizm bo‘yicha eng kreativ g‘oya “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti; Mamatqulova Sarvinoz va Mo‘minov Jasur ushbu yo‘nalishda "MICE TOURISM" nomli loyihalari bilan 1chi o‘rinni oldilar.
- Ecoturizm bo‘yicha eng yaxshi taqdimot: BuxDU hamda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti; Alekperova Dilshodaxon "Great Emirate" Cultural Desert-Camp nomli loyihalari bilan 1 chi o‘rinni oldilar.
-Buxoro viloyatida ekoturizmni rivojlantirish yo‘nalish: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti; To‘ychiev Inayatillo va Turaqulov Shaxzod "Bubble Tent
& Yurtent", yengil konstruksiyali ko`chma
joylashtirish vositalar nomli loyihalari bilan 2 - chi o‘rinni oldilar.
- Turizm va innovatsiyalar yo‘nalishidagi eng yaxshi go‘ya: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti; Ernazarov Barkamol, Nasrullaeva Shaxrizoda va Аxmadxon Davlatov "Vrtours" nomli loyihalari bilan 2-chi o‘rinni oldilar.
Shu kuni Buxoro turizm elchilari saylandi va ularga kumushdan yasalgan "Buxoro turizm elchisi" ko'krak nishoni taqdim etildi.
Forum doirasida talaba yoshlar uchun Buxoro bo'ylab sayohat tashkil etildi.
Insoniyat tarixi YuNESKOning umumiy va mintaqaviy tarix to'plamiga kiritilgan. Mazkur nashr madaniyatlar va sivilizatsiyalar o‘rtasidagi o‘zaro tushunish va muloqotni rivojlantirishga xizmat qilishi bilan ajralib turadi. Ushbu turkum tarix davomida madaniyatlar o'rtasidagi to'qnashuvlarni va ularning insoniyat umumiy taraqqiyotiga qo'shgan hissasini ko'rsatishga bag’ishlangan. Bu esa, o’z o’rnida, tarixning plyuralistik qarashlarini targ'ib qilish orqali amalga oshiriladi.
Hurmatli rektorimiz Aziz Abduhakimov kutubxonamizni mana shunday yangi kitoblar bilan to‘ldirdi. Talabalarimizga yaratib berilayotgan imkoniyatlar uchun rektorimizdan cheksiz minnatdormiz!
Forumda "Ipak yoʼli" turizm va madaniy meros xalqaro universitetining faol tashabbuskor talabalari o‘z startap loyihalari va ilmiy g‘oyalari bilan munosib ishtirok etishmoqda.
Loyihaning maqsadi mahalliy va xorijiy talaba va mutaxassislarning salohiyatli ilmiy ishlanmalarini, startap loyihalarini aniqlab, hayotga tadbiq etish va turizm sohasida yetuk kadrlarni yetishtirishdan iborat. Forumda mamlakatning turizm salohiyati to‘g‘risidagi taqdimot bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilar pandemiya davrida turizmning ayrim turlarini rivojlantirish haqida fikr almashdilar. Ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro aloqalar o‘rnatgan holda startaplarni taqdim etib, ularni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.
Bosh vazir o‘rinbosari - Turizm va sport vaziri, “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Aziz Abduhakimov “Toshkent yoshlar forumi – 2021” doirasida yoshlar bilan uchrashib, turizm va sport sohasidagi loyihalar hamda amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berdi.
Vazir o‘z nutqi avvalida O‘zbekiston uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hodisa - baxshilik sanʼati Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritilganligi haqidagi yangilik bilan bo‘lishdi. Shu o‘rinda Baxshichilik sanʼatini keng ommalashtirishga oid videorolik namoyish etildi.
Shuningdek Aziz Abduhakimov forum doirasida yoshlar bilan turizm, sport, madaniyat va ekologiya sohalaridagi istiqbolli loyihalar bo‘yicha ishlashga tayyor ekanligini taʼkidladi. U yoshlarni, jumladan, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarida faollik ko‘rsatishga chaqirdi, xususan, Orol fojiasining insonlar hayotiga taʼsiriga bag‘ishlangan ekologiya mavzusiga ham alohida eʼtibor qaratdi. Bundan tashqari, minglab kishilarning qachonlardir Orolga suv qaytishi bilan bog‘liq orzusini aks ettiruvchi “Ertaga” musiqiy videosi hamda “Sky Camp Bo‘stonliq” videoroligi namoyish etildi.
Aziz Abduhakimov ommaviy va keng ko‘lamli sport musobaqalarining o‘tkazilishi yoshlarni sog‘lom turmush tarziga rioya qilish va sportga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga undashini taʼkidlab, ushbu yo‘nalishda o‘tkazilgan marafonlar haqida maʼlumot berdi.
Uchrashuv davomida yoshlar madaniy meros obyektlarini qayta tiklash, turizm infratuzilmasini rivojlantirish, turizmni rivojlantirish borasida poytaxtimizda amalga oshirilayotgan ishlar, sayyohlar uchun joylashtirish vositalari qurilishiga berilayotgan imtiyozlar kabi mavzularda o‘zlarini qiziqtirgan savollar hamda boshqa mavzularda murojaat qilishdi.
Yoshlar ham o‘z o‘rnida sohaga doir takliflari bilan o‘rtoqlashishdi, jumladan, ulardan biri nogironligi bo‘lgan xorijlik va mahalliy sayyohlar uchun maxsus turizm dasturi yaratishni taklif qildi.
Aziz Abduhakimov yoshlarning savollariga batafsil javob berdi va ishtirokchilar tomonidan aytilgan qiziqarli takliflar uchun minnatdorlik bildirdi.
Taʼkidlash joizki, o‘tgan yilgi Toshkent yoshlar forumida ham Bosh vazir o‘rinbosari forum ishtirokchilarining eng yaxshi takliflarini qabul qilgan va bugungi kunda ular bilan faol hamkorlik davom ettirilmoqda.
Manbaa: www.uzbektourism.com
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz