Joriy yilning 26-oktabrida Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialida “Tyutorlar faoliyatini tashkil etish” mavzusidagi seminar-treningda universitetimizning tajribali tyutorlaridan Pirnazar Islomov ishtirok etdi.
Seminarda spikerlar tomonidan “Tyutorlar faoliyatini tashkil etish yo‘nalishlari” mavzusida taqdimot o‘tkazilib, unda tyutorlarning majburiyatlari, maqsad va vazifalari, faoliyat yo‘nalishlari xususida fikrlar bildirildi.
Bundan tashqari seminar treningda tyutorlik faoliyatini yuritish maqsadida 30 dan ortiq me’yoriy-huquqiy hujjatlarga tayanilishi, uning faoliyati modeli, kasbiy kompetensiyasi, ishni tashkil qilish va yuritish texnologiyalari, ota-onalar bilan ishlash mexanizmi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti direktori N.Egamberdiyeva “Oliy ta’lim muassasalarida oila-mahalla-jamoat tashkilotlari hamkorligini tashkil etish, talaba-qizlar bilan amalga oshirilgan tarbiyaviy ishlar mazmuni” mavzusida ma’ruza qildi.