Payshanba, 02 Noyabr 2023 14:39

“Zakovat” intellektual o‘yinlarida universitetimiz jamoasi birinchi

Samarqand viloyatidagi Yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi yo‘nalish koordinatorlari va talabalardan iborat jamoalar o‘rtasida “Zakovat” musobaqasi tashkil etildi.

Tashkil etilgan musobaqa yakunlariga ko‘ra, 1-o‘rin “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining “Silk Road” jamoasiga, 2-o‘rin Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Ligeon” jamoasiga, 3-o‘rin Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali “Gambit” jamoasiga nasib etdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, g‘olib jamoalarga O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining Samarqand viloyat Kengashi raisi D.Azizova tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

O'qilgan 763 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar