×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Seshanba, 07 Noyabr 2023 18:16

Yoshlar o‘rtasida xuquqiy savodxonlikni oshirish davr talabi

Joriy yilning 6-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi va tyutorlar tomonidan  birinchi va ikkinchi bosqich talabalari uchun “Talaba-yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, ular tomonidan huquqbuzarliklar va jinoyatlarning sodir etilishini oldini olish” mavzusida  profilaktik tadbir  o‘tkazildi.

Tadbirda so‘z olgan oliygohning Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i Nargiza Abduvaxidova bugungi kunda talabalarning ta’lim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilayotganiga qaramay ayrim talaba yoshlar tomonidan huquqbuzarliklar va jinoyatlar sodir etilayotganligi xususida gapirib bu borada joylarda targ‘ibot ishlarining yetarli darajada olib borilmayotganligi, huquqiy savodxonlikning pastligida ekanligini ta’kidladi.          

 Sir emaski, bugungi kunda yurtimizdagi OTMda ta’lim-tarbiya olayotgan ayrim talabalar tomonidan turli darajadagi huquqbuzarlik, o‘g‘rilik, aldov yo‘li bilan o‘zgalar mulkini o‘zlashtirish kabi salbiy holatlar sodir etilmoqda.

Targ‘ibot tadbirida talabalar tomonidan sodir etiladigan turli huquqbuzarlik va jinoyatlarga, yo‘l harakati qoidalariga buysunmaslik xolatlariga belgilanadigan jazo turlari xususida to‘liq tushunchalar berib o‘tildi. Shuningdek tadbirda talaba-yoshlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, izzat, diniy bag‘rikenglik tushunchalarini shakllantirish kabilar xususida aytib o‘tildi va yoshlar ogohlikka chaqirildi.

O'qilgan 695 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1975{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar