Joriy yilning 24-oktabr kuni universitetimizning bilimli va zukko talaba yoshlari o‘rtasida “Samarqand ZAKOVAT” klubi 1-liga 5-tur bahslari o‘tkazildi. Bilimlar bellashuvida 105 nafar talaba yoshlar uchta jamoaga bo‘lingan holda ishtirok etishdi. Bellashuvda jamoalar tarix, falsafa, adabiyot kabi fanlardan berilgan savollarga javob berishga harakat qilishdi.
Yurtimizda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan Besh muhim tashabbus musobaqalari doirasidagi o‘yinlarni tashkil qilish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” tadbirlari tashkil etilib kelinmoqda. Yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va ularni sportga yanada qiziqtirish maqsadida joriy yilning
21-oktabr kuni sportning stol tennisi boʻyicha Samarqand viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida bellashuvlar tashkil etildi.
Qizg‘in bahslarga boy boʻlgan bellashuvlarda universitetimiz talaba yoshlaridan iborat jamoa ham faol ishtirok etib, qator yutuqlarni qo‘lga kiritdi.
Joriy yilning 19-oktabr kuni Samarqand viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida sportning voleybol turu boʻyicha “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalarida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalaridan iborat jamoa ham faol ishtirok etib, ijobiy natija ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lishdi.
Joriy yilning 20-oktabr kuni “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalari doirasida sportning futbol boʻyicha musobaqalar tashkil o‘tkazildi. Yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va ularni sportga yanada qiziqtirish maqsadida Samarqand viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasidagi bellashuvlarda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining talabalari ham faol ishtirok etib, ijobiy natijalarni qayd etishdi.
Hurmatli o‘qituvchilar va tadqiqotchilar!
Sizlarni 2023-yil 27-oktabrda bo‘lib o‘tadigan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Turizm menejmenti” fakulteti “Tillar” kafedrasining 2-son kengaytirilgan yig‘ilishiga taklif etamiz.
Ushbu yig‘ilishda “Tillar” kafedrasi 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha mustaqil izlanuvchi Xalimova Nilufar Abduxafizovna tomonidan “XX asr o‘zbek hikoya va qissalarinig inglizcha tarjimalarida badiiy mahorat masalalari” mavzusida filologiya fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlanayotgan dissertatsiyaning dastlabki natijalari muhokamasi bo‘lib o‘tadi.
Sana: 27.10.2023
Vaqt: 14:00
Joy: 207-xona
Turmush – to‘rt mushmi? Aslo!
Ongimizga singib qolgan ushbu iboradan birgalikda qutulishga harakat qilamiz.
Buning uchun universitetimizning aziz talaba qizlarini 26-oktabr kuni soat 14:00 da 237-xonada bo‘lib o‘tadigan ajoyib motivatsion treningga taklif etamiz.
Joriy yilning 25-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev raisligida 2021-yil 2 noyabrda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash va Samarqand viloyati hokimining 2023-yil 16-sentabrdagi viloyat hududida 2023-yil kuz mavsumida manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini tashkilotlar kesimida ekish bo‘yicha bergan topshirig‘idan kelib chiqib “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ishchi, xizmatchilari ham kuzgi ko‘chat ekish ishlarini olib borishmoqda. “Ko‘chat ekib bog‘ yarat” shiori ositida o‘tkazilayotgan tadbirda ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan birga, manzarali ko‘chatlar ekilmoqda.
Ahamiyatlisi, oliygoh hududiga jami 174 ta kashtan, lipa, chinor, qarag‘ay, archa va ginka biloba kabi daraxt ko‘chatlari ekildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev boshchiligida 2021-yil 2-noyabrda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalarini ijrosini ta’minlash va Samarqand viloyati hokimining 2023-yil 16-sentabrdagi viloyat hududida 2023-yil kuz mavsumida manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini tashkilotlar kesimida ekish bo‘yicha bergan topshirig‘idan kelib chiqib “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida joriy yilning 16-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi Akademiya binosining yangidan qurilishi munosabati bilan hududda manzarali daraxt ko‘chatlari va turli xildagi gullarni ekish ishlari amalga oshirildi.
Ushbu ekish ishlarida 100 ta kashtan, 30 ta lipa, 5 ta chinor, 24 ta qarag‘ay, 180 ta archa va 30 ta ginka biloba kabi daraxt ko‘chatlari oliygohning ishchi, xizmatchilari tomonidan ekildi. Yashil makon dasturi doirasida universitet hududiga yigirma turdagi noyob 200 ta manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Joriy yilning 23-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Abbasova tomonidan kengash qoshidagi “Qizlarjon” klubining taqdimot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda universitetimizning iqtidorli talaba-qizlari tomonidan yoshlarimizning egallagan bilimlarini mustahkamlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va shu bilan birga, ularning ijtimoiy, siyosiy va huquqiy bilimlarini yanada mustahkamlash, intellektual salohiyatlarini oshirish maqsadida “Vaqt qadri” mavzusidagi video roliklar taqdimotini o‘tkazdi.
Rolik
Taqdimot tadbiridagi “Qizlarjon” klubining faol a‘zosi Marketing-220 guruh talabasi Sadoqat Saidovaning “Vaqtim-yo‘q deguvchilar, vaqtning qulidir” mavzusidagi video roligi.
Joriy yilning 24-oktabr kuni Qozog‘iston respublikasi Ostona oliy savdo-iqtisodiyot kolleji direktori Mirzabek Kujimov universitetimizga tashrif buyurdi. Mehmon bilan oliygohimiz Birinchi prorektori, prof. J.Eltazarov muloqot o‘tkazdi. O‘zaro muloqot jarayonida bugungi kunda turizm sohasida va professional ta’lim tizimida olib borilayotgan keng ko‘lamdagi ishlar, hamkorlik natijalari xususida so‘z bordi.
Ma’lumot o‘rnida shuni aytish kerakki, 23-27 oktabr kunlari Qozog‘iston respublikasi Ostona oliy savdo-iqtisodiyot kollejidan kelgan bir guruh o‘qituvchilar Samarqand turizm va madaniy meros texnikum va uning hamkor korxona va tashkilotlarida tajriba almashishmoqda.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz