O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev boshchiligida 2021-yil 2-noyabrda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalarini ijrosini ta’minlash va Samarqand viloyati hokimining 2023-yil 16-sentabrdagi viloyat hududida 2023-yil kuz mavsumida manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini tashkilotlar kesimida ekish bo‘yicha bergan topshirig‘idan kelib chiqib “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida joriy yilning 16-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi Akademiya binosining yangidan qurilishi munosabati bilan hududda manzarali daraxt ko‘chatlari va turli xildagi gullarni ekish ishlari amalga oshirildi.
Ushbu ekish ishlarida 100 ta kashtan, 30 ta lipa, 5 ta chinor, 24 ta qarag‘ay, 180 ta archa va 30 ta ginka biloba kabi daraxt ko‘chatlari oliygohning ishchi, xizmatchilari tomonidan ekildi. Yashil makon dasturi doirasida universitet hududiga yigirma turdagi noyob 200 ta manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.