Joriy yilning 26-29-sentabr kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Birinchi prorektori, prof. J.Eltazarov Xitoy Xalq Respublikasining Shandung provinsiyasi Chufu shahrida tashkil etilgan “2023-Nishan ananaviy tamaddunlar forumi va Konfutsiyni xotirlash marosimi” da ishtirok etdi. Ushbu nufuzli forumda prof. J.Eltazarov “Markaziy Osiyodagi qadimgi Turkiy tamaddun va uning eski Xitoy tamadduni bilan aloqasi” mavzusida ma’ruza qildi. Shandong viloyati ma’muriyatining taklifiga ko‘ra anjumanda maxsus ma’ruza bilan chiqish qilgan notiqning qadimgi Turklar va Xitoy tamadduni o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga oid muhim tarixiy voqealarni xronologik tadqiq va tahlil qilishga asoslangan ma’ruzasi anjuman ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.
Forum mobaynida turli mamlakatlardan kelgan madaniyat turizmi hamda oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan so‘zlashuv hamda muloqotlar amalga oshirildi.
Ushbu sana BMT tomonidan dunyo hamjamiyati e’tiborini qizlarning ijtimoiy muammolari va tengsizligiga qaratish maqsadida joriy etilgan. Ayolning jamiyatdagi o‘rni ortib borayotganini hisobga olib, har birimiz bolalikdan qizlarning ta’lim olishi, ularning o‘z salohiyatlarini to‘liq namoyon etishiga e’tibor qaratmog‘imiz, eng asosiysi - ularga o‘z qadr - qimmatini hurmat qilishini singdirishimiz lozim.
Mening aziz qizlarim! Ushbu kun bilan sizlarni tabriklaymiz. Doimo esingizda tuting, sizlarning huquq va manfaatlaringizni ta’minlash, bilim olishingiz, kasb-hunarli bo‘lishingiz davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishidir. Bilim va salohiyatingizni doimiy ravishda oshirgan holda o‘z ustingizda ishlashdan tolmasligingizni istardim. Oldingizdagi to‘siqlarni yengishga, yuqori cho‘qqilarni zabt etishga intiling, bu yo‘lda yuzaga keladigan qiyinchiliklardan qo‘rqmang. davlatimiz sizni doimo qo‘llab-quvvatlaydi.
Cheksiz mehr bilan universitet xotin-qizlar kengashi.
Rus adabiyotini chuqurroq o‘rganishni istagan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari uchun!
Klubimizga xush kelibsiz! Sizni har oyning 2 va 4-haftasining dushanba kunlarida soat 14:30 da kutamiz.
So‘zlashuv tili: rus
Murojaat uchun klub a’zosi: @dilfuza_davronovna
Koreys tili va madaniyatini o‘rganishni xohlovchi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari diqqatiga!
Sizni har oyning 1- va 3- haftasining seshanba kuni soat 14:30 da Korean Speaking Club to‘garagiga taklif qilamiz.
Telegram havolasi: undefined
206-xona
☎️ 66) 240-67-83
Hurmatli abituriyentlar, Respublikamizning davlat oliy ta’lim muassasalari ichida bir yilda ikki marta talabalikka qabul qiluvchi “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha quyidagi bakalavirat ta’lim yo‘nalishlariga qabul jarayoni davom etayotganligini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz:
- 60212200: Madaniy meros ob’yektlarini asrash
- 60220400: Arxeologiya
Buning uchun admissions.univ-silkroad.uz onlayn platformasi orqali
joriy yilning 1-noyabrigacha (shu kuni ham) ro‘yxatdan o‘tishingizni so‘raymiz.
Eslatib o'tamiz, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ta’lim ingliz tilida olib boriladi. Shu sababli qabul jarayonida ingliz tili bo‘yicha yetakchi xalqaro va baholash tizimlarining amaldagi sertifikatlariga, shu jumladan IELTS bo‘yicha kamida 5,0 ball va undan yuqori, Common European Framework of Reference for Languages (CEFR) bo‘yicha kamida B1 va undan yuqori ball bilim darajasi ko‘rsatkichi bilan xalqaro sertifikatlarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi bilim va malakalarni baholash agentligi (Davlat test markazi) tomonidan taqdim etilgan ingliz tilini bilish darajasi (B1 va undan yuqori) to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarning hujjatlari qabul qilinadi.
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingizni soʻraymiz:
+998662406770
+998662408616
+998662406786
+998662408606
+998933483380
+998902241442
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetini tanlab, Siz ishonchli kelajakni tanlaysiz!
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining https://my.uzbmb.uz/ platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan va o‘tkazilgan test sinovlarida minimal saralash ball (56,7)ni to‘plagan, biroq to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish chizig‘i chegarasigacha yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlarni universitet qabul kvotasi doirasida bo‘sh qolgan o‘rinlarga ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etamiz.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining platformasida ro‘yxatdan o‘tishda o‘zining tanlovi sifatida “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetini ko‘rsatgan bo‘lishi shart)
Abituriyentlar tomonidan murojaat etishning soʻnggi muddati 2023-yil 1-noyabr.
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qiling:
+998662406770
+998662408616
+998662406786
+998662408606
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetini tanlab, Siz ishonchli kelajakni tanlaysiz!!!
Siz dunyodagi eng go‘zal tillardan birini o‘rganishni xohlaysizmi? Mamnuniyat bilan sizga «Parlons français» to‘garagining ochilishi haqida e’lon qilamiz! To‘garagamizda siz o‘zingiz uchun fransuz tili og‘zaki nutqining yangi jabhalarini o‘rganib, o‘z ko‘nikmalaringizni boshqalar bilan bo‘lishish imkoniyatiga ega bo‘lasiz!
To‘garak o‘z faoliyatini 2 haftada bir marta, dushanba kunlari soat 11.00 da 241-xonada olib boradi!
9-oktabr kuni to‘garak faoliyatining shu o‘quv yilidagi birinchi ochiq darsi!
Barcha qiziquvchilarni to‘garakka taklif qilamiz!
"Men zo'ravonlikka qarshiman" mavzusida insholar tanloviga start berildi. Tanlovda ishtirok etish istagi bor qizlar +998997556620 raqamiga murojaat qiling.
2023-yil 5-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar maslahat kengashi hamda unversitet Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida “Turizm va menejment” fakulteti talaba-qizlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, talaba-yoshlarning huquqiy ongi, savodxonligini yanada oshirish, ular orasidan har tomonlama yetuk, bilimli hamda mahoratli talaba-yoshlarni aniqlash maqsadida “Zakovat” intellektual bellashuvi o‘tkazildi. Ushbu bellashuvda talaba qizlar faol ishtirok etib, berilgan savollarga javob topishga harakat qilishdi.
Universitetda 4-oktabr sanasida sportning stol tennisi turi bo‘yicha professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil etildi.
Do‘stona ruhda o‘tgan o‘yinlar davomida sog‘lom turmush tarziga amal qilish hamda ommaviy sportni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, Sharqiy Osiyoda paydo boʻlgan ushbu sport turi 20-asrning 20-yillaridan koʻp mamlakatlarga tarqalgan. Dastlab “pingpong“ (fransuzcha: pingpong - koptokning raketka va stolga urilishida chiqadigan ovoz) deb atalgan.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz