Joriy yilning 26-29-sentabr kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Birinchi prorektori, prof. J.Eltazarov Xitoy Xalq Respublikasining Shandung provinsiyasi Chufu shahrida tashkil etilgan “2023-Nishan ananaviy tamaddunlar forumi va Konfutsiyni xotirlash marosimi” da ishtirok etdi. Ushbu nufuzli forumda prof. J.Eltazarov “Markaziy Osiyodagi qadimgi Turkiy tamaddun va uning eski Xitoy tamadduni bilan aloqasi” mavzusida ma’ruza qildi. Shandong viloyati ma’muriyatining taklifiga ko‘ra anjumanda maxsus ma’ruza bilan chiqish qilgan notiqning qadimgi Turklar va Xitoy tamadduni o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga oid muhim tarixiy voqealarni xronologik tadqiq va tahlil qilishga asoslangan ma’ruzasi anjuman ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.
Forum mobaynida turli mamlakatlardan kelgan madaniyat turizmi hamda oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan so‘zlashuv hamda muloqotlar amalga oshirildi.